Yugrada o‘yinchoq to‘pponcha bilan bankni o‘marmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishKoloniya obshego rejima
Koloniya obshego rejima - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yilning yanvarida yosh yigit mahalliy banklarning biriga plastmassadan yasalgan to‘pponcha bilan kelgan va pul talab qilgan

TOShKENT, 26 noya - Sputnik. Quyivartovsk sudi o‘yinchoq to‘pponcha bilan qurollanib olib, bankni o‘marishga uringan O‘zbekiston fuqarosi ustidan hukm o‘qidi. Xanti-Mansiysk avtonom okrugi prokuraturasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlikka to‘qqiz yil koloniya jazosi berilgan.

Press-konferensiya na temu: Mashinochitayemie zashitnie priznaki na rossiyskix banknotax - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar Moskva budjetiga qancha daromad keltirgani ma’lum bo‘ldi

Idora xabariga ko‘ra, yosh yigit 2019-yilning yanvarida mahalliy banklarning biriga qo‘lida o‘yinchoq to‘pponcha bilan kirib kelgan va "qurolni" bank xodimlari hamda fuqarolarga yo‘naltirib, pul berishlarini talab qilgan.

O‘sha kuni kassada 3 million rublga yaqin mablag‘, shuningdek, 12,5 ming AQSh dollari va 13 mingga yaqin yevro bo‘lgan. Ammo bank xodimi pul turgan xonaga kirishga imkoni yo‘qligini aytganida, jinoyatchi hodisa joyidan qochib ketgan.

Huquq posbonlari sal o‘tmay maqsadi katta miqdordagi pulni o‘marish bo‘lgan bosqinchini qo‘lga olganlar. 

Endilikda sud qaroriga ko‘ra, 24 yoshli o‘zbekistonlik 8-yil o‘n oylik jazo muddatini og‘ir tartibdagi koloniyada o‘taydi.

Yangiliklar lentasi
0