Rossiyaning yana bir viloyatida migrantlarning jamoat transportini haydashi taqiqlandi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishVoditel avtobusa, arxivnoe foto
Voditel avtobusa, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida migrantlarga 2020-yil 1-yanvardan jamoat transportlarini boshqarish taqiqlanadi.

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida migrantlarning jamoat transportini haydashiga taqiq qo‘yildi. Tegishli qarorga Chelyabinsk gubernatori imzo chekdi.

Hujjatga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan boshlab Chelyabinsk viloyatida patentlar asosida ishlovchi xorijlik haydovchilar transport sohasida faoliyat yurita olmaydi.

DPS - Sputnik O‘zbekiston
Jazo muqarrar: Rossiya xorijlik haydovchilar ustidan nazoratni kuchaytiradi

Xorijliklarga shahar va shahar atrofiiga qatnaydigan avtobuslarda yo‘lovchilarni muntazam tashish, avtobuslarda yo‘lovchilarni shaharlararo tashish taqiqlanadi.

Shuningdek, migrantlarga taksi haydash va ijaraga olingan avtomobilda yo‘lovchi tashish taqiqlanadi.

Ta’kidlanishicha, qaror Chelyabinsk viloyatida yo‘lovchi tashish xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yoqutiston, Xabarovsk va Primorye o‘lkalarida ham patentlar asosida ishlovchi xorijlik haydovchilarning transport sohasida faoliyat yuritishi taqiqlanishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0