TOShKENT, 13 yanv - Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi tarqatgan hisobotga ko‘ra, mehnat migrantlari eng ko‘p Moskva va Sankt-Peterburgga tashrif buyurishar ekan.
“Mehnat patentlarini asosan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari olishadi. Ushbu davlat fuqarolariga o‘tgan yilning 9 oyi ichida 835,8 mingta patent berildi. Ikkinchi o‘rinda Tojikiston - 416,2 mingta patent”, - deyilgan xabarda.
Muassasa xabariga ko‘ra, 2019-yilning yanvar oyidan sentabr oyiga qadar Rossiya poytaxtida 335,5 mingta patent berilgan.
Ushbu davr mobaynida Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida 190 mingta, Moskva viloyatida 168 mingta patent berilgan.
Berilgan patentlar soni bo‘yicha keyingi o‘rinlarda krasnodar o‘lkasi va Sverdlovsk viloyati turadi.
Eng kam mehnat patentlari Tuva, Mariy El va Nenesk avtonom okruglariga berilgan.