Rossiyada xavfli virusga chalingan migrantlar deportatsiya qilinadi

© Sputnik / Denis Grishkin / Mediabankka o‘tishMer Moskvi S. Sobanin prinyal uchastie v otkritii zdaniya migratsionnogo sentra
Mer Moskvi S. Sobanin prinyal uchastie v otkritii zdaniya migratsionnogo sentra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya IIV xavfli virus bilan kasallangan migrantlarni mamlakatdan deportatsiya qilish masalalarni tartibga soluvchi qonun loyihasini tayyorladi.

TOShKENT, 4 fev – Sputnik. Rossiya IIV xavfli virus bilan kasallangan migrantlarni mamlakatdan deportatsiya qilish masalalarini tartibga soluvchi qonun loyihasini tayyorladi. "Izvestiya" gazetasi hukumat matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.

Sotrudnitsa laboratorii GU NII epidemiologii i mikrobiologii. - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga qarshi Rossiya dorisi sinovdan o‘tkazilmoqda

Yangi tartib mualliflari koronavirus, sil, o‘lat va boshqa xavfli kasalliklarga chalingan migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni taklif qilmoqda.

Hozir Rossiyada bunday qonun yo‘q, bu esa hukumat aholining gigiyena xavfsizligiga salbiy ta’sir qilmoqda deb hisoblamoqda.

“Yedinaya Rossiya” fraksiya rahbari muovini Andrey Isayevning fikriga ko‘ra, davlat turli infeksiyalardan o‘z fuqarolarini himoya qilish yuzasidan zarur choralarni ko‘rishi zarur.

Ta’kidlanishicha, odamlar uchun xavf tug‘diradigan kasalliklar ro‘yxatiga 16 ta virus kiritilgan.

Ichki ishlar vazirligi va boshqa federal ijro organlari infeksiya sababli chet elliklarni deportatsiya qilish masalalari, transport turlarini belgilaydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Federal xavfsizlik xizmati va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlariga deportatsiya qanday amalga oshirilishini nazorat qilish vazifasi yuklatiladi. Shuningdek, bemor migrantlarga davolash xizmatlari ko‘rsatiladi.

Yangiliklar lentasi
0