Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash xizmati ishga tushirildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMoskva vo vremya rejima samoizolyatsii jiteley
Moskva vo vremya rejima samoizolyatsii jiteley - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil 15-martgacha Rossiya Federatsiyasi migratsiya qonunlariga rioya qilgan va mamlakatda qonuniy bo‘lib turgan chet el fuqarolari ushbu xizmatdan foydalangan holda ish bilan ta’minlanish imkoniyatiga ega.

TOShKENT, 30 apr - Sputnik. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Mehnat migrantlariga huquqiy yordam ko‘rsatish xalqaro assotsiatsiyasi (Rossiya) hamkorligida karantin davrida RFda  bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi xizmatni to‘liq ishga tushirdi.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada migrantlar vaqtincha patent to‘lovini to‘lamasdan ishlashi mumkin

"Aprel oyi davomida ishlash uchun murojaat qilgan 400 nafarga yaqin fuqarodan 80 nafari ish bilan ta’minlandi", - deyiladi xabarda.

Salohiyatli ish beruvchilar va ishlash istagidagi xorijiy fuqarolar o‘rtasida aloqani ta’minlash uchun ko‘p tilli koll-sentr va tegishli ma’lumot kanallari yaratilgan. Kanallarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar joylashtirilmoqda, koll-sentr savollarga javob beradi va ishga joylashish uchun arizalarni qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus tufayli 2020-yil 18-apreldan boshlab Rossiyadagi mehnat migrantlarining huquqlari kengaytirilgan: 2020-yil 15-iyungacha fuqaroligi, vizasi, ishlash uchun ruxsatnoma va patenti yo‘q shaxslar ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar Rossiya Federatsiyasining istalgan joyida ishlashi mumkin.

OTMENA OPLATI PATENTA! | Sroki deystviya, prodlenie dokumentov i kak rabotat v karantin | FMR - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada migrantlar uchun patent to‘lovi bekor qilindi – batafsil videoda

Bu bo‘yicha koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining tegishli farmoni qabul qilingan.

Biroq, ushbu choralarga qaramay, rossiyalik ish beruvchilar iqtisodiyotning pasayishi va patentsiz ishchilar sababli ma’muriy jarimalar to‘lashning oldini olish uchun, chet el fuqarolarini ishga olishga ehtiyotkorlik bilan qaramoqda. Shu o‘rinda ishchi migrantlar ham ishonchsiz ish beruvchilar tomonidan aldanib qolish ehtimolidan xavotirda.

Ta’kidlash joizki, 2020-yil 15-martgacha Rossiya Federatsiyasi migratsiya qonunlariga rioya qilgan va mamlakatda qonuniy bo‘lib turgan chet el fuqarolari ushbu xizmatdan foydalangan holda ish bilan ta’minlanish imkoniyatiga ega.

Hozirgi bosqichda axborot resurslarida asosan qadoqlash (fasovshik), yuklarni joylashtirish (komplektovshik) va qishloq xo‘jaligi sohalarida bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati taqdim etilgan. Tekshirilgan bo‘sh ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borilmoqda.

 

Barcha savollar va takliflar uchun: Koll-sentr: + 7 (499) 430 00 87; telegram bot: @Ish_bor_Rossiya_bot

Yangiliklar lentasi
0