Rossiya migrantlarsiz mavsumiy qishloq xo‘jalik ishlarini bajara oladimi?

© Iz lichnogo arxiva Natali VlasovoyVitse-prezident fonda "Migratsiya XXI vek" Natalya Vlasova
Vitse-prezident fonda Migratsiya XXI vek Natalya Vlasova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chet el fuqarolari har yili RFga kelib, ekin va yig‘im-terim paytida katta yordam berishgan, deydi migratsiya masalalari bo‘yicha ekspert Natalya Vlasova.

Rossiya prezidenti qoshidagi Xalq xo‘jaligi va davlat hizmati akademiyasi (RANXiGS) hisob-kitoblariga ko‘ra, RFda qishloq xo‘jaligida 500 mingga yaqin migrant ishlaydi. Mutaxassislarning fikricha, ekin va yig‘im-terim kampaniyasini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun ularga pandemiya tufayli yopiq bo‘lgan chegaralar sharoitida ham kelishiga ruxsat berish kerak, deb yozadi RBK.

Migratsiya bo‘yicha mutaxassis Natalya Vlasovaning ta’kidlashicha, Rossiyada har doim ham qishloq xo‘jaligida ishchi kuchi yetishmagan.

"Endilikda, mart oyidan beri bizga migrantlar kelolmaganligi sababli, juda kuchli tanqislik his qilinadi. Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, pandemiya tufayli ishsiz qolgan aholini jalb qilishga urinishlar hech qanday samara bermaydi. Ba’zi odamlar  rozi bo‘lishgan, ammo dalada o‘tgan bir kundan keyin deyarli hamma davom etishdan bosh tortdi. Ehtimol, bizda ham shunday bo‘ladi, chunki qishloq xo‘jaligida mehnat juda og‘ir", - dedi Natalya Vlasova Sputnik radiosiga.

Shu bilan birga u Markaziy osiyoliklar bunday qiyin ishga ko‘nikkanligini ta’kidladi.

"Ular bizga har yili kelib, ekin va yig‘im-terim paytida katta yordam berishgan, - deydi mutaxassis. Bu masalani qanday hal qilsa bo‘ladi? Axir, aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash eng muhim vazifalardan biri, demak, tashqi ishlar vazirligi, ichki ishlar vazirligi va qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bu masalani ko‘tarishi va boshqa davlatlarning hukumatlaridan o‘z fuqarolariga qishloq xo‘jaligidagi ishlarga borishiga ruxsat berishlarini so‘rashlari kerak. Buni amalga oshirish uchun RFning qaysi subyekti qancha migrantga ehtiyoji borligini va Rossiyaga kelganida ularni u joylarga qanday yetkazishlikni aniq bilish kerak. Katta ishlar turipti oldinda, ammo menimcha, bu masalani hal qilsa bo‘ladi".

To‘liq sharhni radiopodkastda tinglashingiz mumkin.

Vlasova o roste nelegalnoy migratsii iz-za koronavirusa
Yangiliklar lentasi
0