O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov Samara gubernatori bilan uchrashdi

© Press-slujba gubernatora Samarskoy oblastiPosol Uzbekistana v RF Botirjon Asadov vstretilsya s gubernatorom Samarskoy oblasti Dmitriyem Azarovim
Posol Uzbekistana v RF Botirjon Asadov vstretilsya s gubernatorom Samarskoy oblasti Dmitriyem Azarovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston elchisi Samara viloyatida to‘planib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan yordam uchun viloyat gubernatoriga minnatdorlik bildirdi.

TOShKENT, 9-iyul - Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov 8-iyul kuni Samara viloyatiga tashrif buyurib viloyat gubernatori Dmitriy Azarov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda gubernatorning rasmiy sahifasi.

Kontrolno-propusknoy punkt na granitse Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
TIV: rus-qozoq chegarasi yopiq, firibgarlarga ishonmang!

Uchrashuvda Samara viloyatining Qozog‘iston chegarasiga yaqin bo‘lgan hududida to‘planib qolgan O‘zbekiston fuqarolari masalasi ham muhokama qilindi. Samara gubernatori ushbu fuqarolarga uchun sharoit yaratishga va ularning vataniga qaytirish chora-tadbirlariga yordam berilayotganini aytib o‘tdi. 

- Biz ushbu fuqarolarga yordam berayapmiz, jumladan Bolshechernigovskiy tumani hududida qaytadan chodirli lager tashkil qildik va ularni vataniga qaytarishga qaratilgan barcha chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlayapmiz, - dedi Dmitriy Azarov. 

O‘zbekiston elchisi Samara gubernatoriga ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirib viloyat va O‘zbekiston o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stlik munosabatlari yuqori darajada ekanini qayd etdi. 

- Biz sizning ushbu e’tiboringizni va o‘zaro do‘stligimizni yuqori qadrlaymiz. Sizning O‘zbekiston fuqarolari to‘planib qolgan hududda epidemiologik vaziyat murakkablashuvini oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlaringiz uchun men sizga O‘zbekistondan yo‘llangan salomni yetkazdim. Biz birgalikda, paydo bo‘layotgan barcha masalalarni hal qila olishimizga umid qilamiz. Ayni damda bizning munosabatlarimiz shu darajaga yetgan-ki, hal qilishning iloji yo‘q bo‘lgan birorta masala qolmagan", - dedi Botirjon Asadov. 

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Samara viloyatining Qozog‘iston chegarasiga yaqin bo‘lgan hududida 1139 nafar O‘zbekiston fuqarolari to‘planib qolgan. Ular chegaralar ochilgani haqidagi yolg‘on ma’lumotga asoslanib Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga qaytish umidida bu yerga kelishgan edi. Lekin 5-iyulda Qozog‘istonda karantin choralari kuchaytirilib, chegaralar yopilgan.

Ma’lumot uchun, Samara viloyati O‘zbekistonning Rossiya hududidagi yirik iqtisodiy hamkorlaridan biridir. O‘tgan yili Samara viloyati va O‘zbekiston orasida savdo-sotiq hajmi  220 million dollardan ortiq bo‘lgan. Bundan eksport 199 mln $, import 27 mln $. Undan tashqari ushbu viloyatida O‘zbekiston tomonidan kiritilgan 510 mln $lik investitsion loyihalar ham bor.

Yangiliklar lentasi
0