Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPasport RF
Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjat, xususan, mavjud fuqarolikdan voz kechish talabini istisno qiladi va fuqarolikni olish uchun Rossiyada bo‘lish vaqtini qisqartiradi

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Rossiyada chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning fuqarolik olishini soddalashtiruvchi federal qonun kuchga kirdi.

Biometricheskie zagranichnie pasporta grajdan RF - Sputnik O‘zbekiston
O‘n nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi

Hujjat, xususan, mavjud fuqarolikdan voz kechish talabini istisno qiladi va fuqarolikni olish uchun Rossiyada bo‘lish vaqtini qisqartiradi.

Tegishli federal qonun prezident Vladimir Putin tomonidan 2020-yil aprel oyida imzolagan edi.

Ilgari, qonunchilikka muvofiq fuqarolik uchun murojaat etuvchi bir vaqtning o‘zida xorijiy davlatning vakolatli organiga  boshqa fuqarolikdan voz kechish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishga majbur edi.

Yangi qonunga ko‘ra, fuqarolikni olish uchun murojaat qiladigan balog‘at yoshiga yetgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, SSSR fuqaroligiga ega bo‘lgan, sobiq SSSR ga a’zo-mamlakatlarda yashagan va yashab kelayotgan lekin ushbu davlatlar fuqaroligini olmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun Rossiyada uch yil yashashga va yashash manbai mavjudligini tasdiqlashga bo‘lgan talabni istisno etadi.

Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya fuqaroligini olganlar soni 2,5 baravarga oshdi

Ushbu norma Rossiyada yashaydigan, Rossiya fuqarosi bilan nikohda bo‘lgan, Rossiyada istiqomat qiladigan va bu nikohda farzandlari bo‘lgan chet el fuqarolariga, shuningdek, ota-onasidan biri Rossiyada yashab, Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan chet elliklarga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, Moldova, Ukraina, Belarus va Qozog‘iston fuqarolariga Rossiya fuqaroligini olishda ariza topshirish jarayoni soddalashtiriladi: ular amaldagi yashash ruxsatnomasi (vid na jitelstvo)ga ega bo‘lgan taqdirda Rossiyada yashash muddatiga amal qilmasdan ushbu arizani topshirishlari mumkin.

Shuningdek, Rossiya OTMlarini tugatgan shaxslar uchun Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini amalga oshirish muddati 3-yildan 1-yilgacha qisqartiriladi.

Yangiliklar lentasi
0