“Choralar yetarli emas”: Karimov migrantlar Rossiya fuqaroligini olishi haqida

© Sputnik / Ruben GarsiyaPredsedatel Profsoyuza trudashixsya migrantov Renat Karimov
Predsedatel Profsoyuza trudashixsya migrantov Renat Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘pchilik Rossiya fuqaroligini olishni xohlaydi, lekin hozircha hammaga ham buni amalga oshirish oson emas - migrant ishchilar kasaba uyushmasi raisi Renat Karimov.

Rossiyada xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning fuqarolik olishini soddalashtiruvchi qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, xorijliklar mavjud fuqarolikdan voz kechish talabi bekor qilindi.

Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirildi

"Ko‘plab chet el fuqarolari, sobiq Sovet Ittifoqining sobiq fuqarolari, ularning farzandlari u yoki bu sababga ko‘ra Rossiya fuqaroligini olishni istaydilar. Bular Ukraina, Pridnestrovye davlatlari, yillar davomida iqtisodiy vaziyat normallashmagan davlatlar, masalan, Markaziy Osiyo davlatlari”, - deydi Karimov Sputnik radio efirida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik Rossiya fuqaroligini olishni istaydi, ammo hammaga ham buni amalga oshirish oson emas. Oldin shunday bo‘lgan, hozir ham.

“Joriy qilingan yengilliklar juda oz narsani beradi. Agar Rossiya Federatsiyasi bu odamlar Rossiya hududiga qaytishi va fuqaroligini olishini istaganda, odamlar o‘z qarindoshlarining Rossiya Federatsiyasi hududida tug‘ilgan yoki yashaganliklarini isbotlash kerakligi to‘g‘risidagi talab bekor qilinishi zarur”, - deydi Karimov.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, bu asosiy to‘siq hisoblanadi.

“Hammada ham bunday imkoniyat yo‘q, shuning uchun ular vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni kvotaga topshirmoqda”, - deb qo‘shimcha qildi Karimov.

Yangiliklar lentasi
0