O‘zbekistonda "MUSOFIR" raqamli platformasi yaratiladi - Bosh prokuratura akademiyasi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishOcheredi migrantov v UFMS
Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, "Migratsiya huquqi" fanini alohida huquq sohasi sifatida o‘qitish bilan bog‘liq darslik tayyorlanadi.

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Bosh prokuratura Akademiyasi qator milliy hamkorlar bilan "Aholi migratsiyasida raqamli vizalar platformasini ishlab chiqish" nomli innovatsion loyiha taklifini ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Soiskatel raboti - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migratsiyasidan qaytganlarning 50 foizi ish bilan ta’minlandi – vazirlik

Bu haqda 30-iyul - Odam savdosiga qarshi kurashish umumjahon kuniga bag‘ishlab, "COVID-19 pandemiyasi sharoitida Odam savdosiga qarshi kurashish" mavzusida onlayn xalqaro davra suhbati davomida ma’lum qilindi.

 

O‘zbekiston uchun noqonuniy mehnat migratsiyasi odam savdosi jinoyatining keltirib chiqaruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shuning uchun bu borada ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Bosh prokuratura Akademiyasi qator milliy hamkorlar bilan "Aholi migratsiyasida raqamli vizalar platformasini ishlab chiqish" nomli innovatsion loyiha taklifini ishlab chiqdi.

Predsedatel komiteta Gosudarstvennoy Dumi RF po mejdunarodnim delam Aleksey Pushkov - Sputnik O‘zbekiston
Senator Pushkov migrant oldida tiz cho‘kkan moskvalik ustidan kuldi

Uning doirasida xorijda ishga joylashish imkoniyatlari, chet el davlatlari migratsion qonunchiligi, deportatsiya qilinganlik bo‘yicha taqiqlar va xorijga chiqish yuzasidan qo‘yilgan cheklovlar holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mujassam etgan yagona "MUSOFIR" nomli raqamli platforma yaratish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, mehnat migrantlari va oila a’zolarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ilg‘or xalqaro va xorij standartlari va tajribalari o‘rganiladi va "Migratsiya huquqi" fanini alohida huquq sohasi sifatida o‘qitish bilan bog‘liq darslik tayyorlanadi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi prokuratura universiteti bilan hamkorlikda "O‘zbekiston va Rossiyada odam savdosiga qarshi kurashish" mavzusiga oid qo‘shma tahliliy ma’lumotdan iborat qo‘llanma tayyorlash rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0