Irkutskda o‘zbekistonlik yigit kassani o‘g‘rilardan saqlab qoldi - video

CC BY-SA 3.0 / Tobias "ToMar" Maier / A rib-knit three-hole balaclavaChelovek v maske balaklavi. Arxivnoe foto
Chelovek v maske balaklavi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik oddiy ishchi kofe paketlari va jevachka bilan magazin kassasni o‘g‘rilardan qutqarib qoldi.

TOShKENT, 7 okt - Sputnik. Rossiyaning Irkutsk shahrida supermarketda yordamchi ishchi bo‘lib ishlaydigan 21 yoshli Salohiddin Mamatqulov do‘kon kassasini o‘g‘rilardan saqlab qoldi. 

Voqea tong soat 4:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Salohiddin mahsulotlarni do‘kon peshtaxtalariga joylayotgan vaqtida ikki nafar niqobli kishi bostirib kirib unga pichoq bilan po‘pisa qilib kassani o‘marmoqchi bo‘lgan. O‘g‘rilardan xavfsiz masofaga qochib, qo‘l ostidagi narsalarni o‘g‘rilar tomon ota boshlagan. Bunday qarshilikni kutmagan o‘g‘rilar tezda ko‘zdan g‘oyib bo‘lishgan. 

Supermarket egasi bu qahramonlik uchun Salohiddinni 10 ming rubl bilan mukofotlab, qo‘shimcha dam olish kunlari bergan. Shuningdek do‘konni yaxshiroq qo‘riqlashni yo‘lga qo‘ygan. Salohiddinga esa keyinchalik qo‘riqchi bo‘lib ishga o‘tishni ham taklif qilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0