“Chegarasiz ish” - YeOIIda mehnat migrantlari uchun onlayn platforma ishga tushadi - vazir

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk / Mediabankka o‘tish"Yarmarka vakansiy"
Yarmarka vakansiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YeOII hududida “Chegarasiz ish” - mehnat migrantlari uchun ish beruvchilar va bo‘sh ish joylari haqida ma’lumot bazasi yaratilmoqda. Tizim deyarli tayyor bo‘lgan.

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Yevroosiyo Iqtisodiy komissiyasi (YeIK) ichki bozorlar va axborotlashtirish vaziri Gegam Vardanyan mehnat migrantlarini ishga joylashtirish bo‘yicha YeOIIda joriy etiladigan yangi tizim haqida aytib berdi.

YeIK YeOII hududida “Chegarasiz ish” – unifikatsiya qilingan ish qidirish tizimini joriy etmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi bo‘sh ish joylari qidiruv tizimini va ish qidiruvchilar ma’lumot bazasini yaratishdir. Undan YeOIIga a’zo bo‘lgan har bir mamlakat mehnat resurslari bo‘yicha ma’lumot bazalari kirtiladi. Ayni damda mehnat migrantlarini ishga joylashtirish loyihasi o‘zining yakuniy bosqichida, dedi ekspert.  

“Ushbu tizim Ittifoq fuqarolariga barcha mamlakatlarda mavjud bo‘lgan ish o‘rinlarini va ish qidiruvchilarni ko‘rish imkonini beradi. Umuman olganda, bu barcha mavjud ma’lumot bazalarini birlashtirgan tizim bo‘ladi. Mehnat resurslari bo‘yicha ma’lumot bazalari turli mamlakatda saqlanadi. Ish qidirganda ular har bir mamlakatdan alohida-alohida ko‘rsatiladi”, - deydi Vardanyan.  

Ekspertning fikriga ko‘ra, bunday yondashuv qonunchilik va shaxsiy axborot haqidagi muhim talablarga javob beradi.

Bu tizim tarqoq bo‘lgani uchun texnik nuqtayi nazardan ham juda qiziq. Va bugungi kun sharoitida u juda dolzarb bo‘ladi. Chunki pandemiya tufayli ish o‘rinlari borasida juda ko‘p murakkabliklar yuzaga kelmoqda. Bu tizim esa Ittifoqning barcha mamlakatlarida ish topishga yordam beradi.

Vardanyanning aytishiga qaraganda, loyiha yil oxirida ishga tushadi. Dekabrda uning ishlashi namoyish etiladi.

“Davlat tuzilmalari va operatorlar ushbu tizimni ishga tushirishga allaqachon tayyor bo‘lishgan. Hozirgi vaqtda ishga tushirishning so‘nggi sozlash jarayonlari olib borilmoqda”, - deydi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya FMX rahbari Valentina Kazakova Sputnik muxbiriga bergan intervyusida yaqin vaqt ichida Rossiyada mehnat migrantlarini ishga qabul qilish tizimi butunlay o‘zgarishi haqida aytib o‘tgan edi. Yangi konsepsiyaga ko‘ra Rossiya Davlat xizmatlari portalida ish beruvchilar va ishchilar ma’lumot bazasi yaratiladi.

Unda Ish beruvchilar va Ishchilar reyestri bo‘ladi. Ish beruvchilar o‘zlarida qanday bo‘sh ish o‘rinlari borligini ko‘rsatishadi. Ishchilar reyestrida esa xorijiy fuqarolar ro‘yxatdan o‘tib, o‘z hunar va ko‘nikmalarini ko‘rsatishadi. Migrantlar Rossiyaga kirishidan oldin qaysi ish beruvchiga borayotganini bilib keladi. Bu esa ruxsat beruvchi hujjatlar olish tartibini qisqartiradi.

Yangiliklar lentasi
0