Tashkillashtirilgan tartibdagi mehnat migratsiyasining ustuvorliklari nimada?

© Ministerstvo zanyatosti i trudovix otnosheniy UzbekistanaTrudovie migranti vozvrashayutsya domoy
Trudovie migranti vozvrashayutsya domoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashkillashtirilgan tartibdagi mehnat migratsisi bu – xorijga ishga borishning tartibli, qonuniy va xavfsiz uslubidir.

TOShKENT, 30 dek – Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashkillashtirilgan tartibdagi mehnat migratsiyasining ustuvorlik tomonlari haqida aytib berdi.

Xususan, birinchi bosqichda, ishsiz fuqaro Mehnat vazirligining tegishli bo‘linmasiga yoki xususiy bandlik agentligiga murojaat qiladi. U yerda fuqaro xorijiy mamlkatlarda mavjud ish o‘rinlari bilan tanishib o‘ziga mos keladiganini tanlab oladi. Kerak bo‘lsa, til o‘qitish markaziga yoki qo‘shimcha kasb o‘rganish markazida o‘qitiladi va talab qilinayotgan sertifikatlar beriladi.

Vizit rukovodstva MMS v Tashkentskiy Sentr zanyatosti - Sputnik O‘zbekiston
Moskva Migratsiya markazi rahbariyati Toshkentdagi "Ishga marhamat" markazi bilan tanishdi

Undan so‘ng fuqarolarga tegishli banklar bo‘linmalaridan mikroqarzlar beriladi va imtiyozli chipta xarid qilishga yordam beriladi. Xorijga jo‘nab ketishidan oldin ehtimoliy xavflardan sug‘urtalanadi.

Ikkinchi, asosiy bosqichda, fuqaro xorijiy mamlakatga mehnat faoliyatini yuritish uchun jo‘nab ketadi. Xorijiy mamlakatlardagi ish faoliyati davomida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalari, O‘zbekistonning  konsulxonalari tomonidan ularning huquqlari himoyalanadi, kerakli yordam ko‘rsatiladi. Kerak bo‘lganda xorijiy mamlakatlardagi diasporalar va yuridik xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarga murojaat qilinadi.

Uchinchi bosqichda, xorijdagi mehnat faoliyatini yakunlab kelgan fuqarolarga O‘zbekistonda mehnat bilan ta’minlash masalasida yordam ko‘rsatiladi. Bunda ularga Bandlikka ko‘maklashish markazlari, mahallalar, Yoshlar ishlari agentliklari, tuman hokimliklari yordam beradi.

Yangiliklar lentasi
0