Shimoliy iqlim sharoitida ishlashga tayyor bo‘lgan fuqarolar ishga taklif qilinmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishZagruzka rudi v samosval na karyere
Zagruzka rudi v samosval na karyere - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaning Irkutsk viloyatiga kon majmualarida ishlash uchun taklif qilinmoqda. Aksariyat mutaxassisliklar kon va burg‘ulash texnikasi boshqaruvchilari.
TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi shimoliy iqlim sharoitida ishlashga tayyor bo‘lgan fuqarolar ishga taklif qilmoqda.
Xususan, Rossiyaning Irkutsk viloyatida joylashgan korxonalarga quyidagi mutaxassislar ishga taklif qilinmoqda: 
  • Ekskavator haydovchisi (80 kishi, maosh 75-120 ming rubl)  
  • Elektroslesar (40 kishi, 65-80 ming rubl)
  • Pogruzchik haydovchisi (20 kishi, 75-90 ming rubl)
  • Kran boshqaruvchisi (10 kishi, 75-90 ming rubl)
  • Kran haydovchisi (10 kishi, 75-90 ming rubl)
  • Slesar (40 kishi, 65-80 ming rubl)
  • Buldozer haydovchisi (60 kishi, 70-110 ming rubl) 
  • Draga haydovchisi (45 kishi, 65-110 ming rubl) 
  • Yuk mashinasi haydovchisi (BelAZ) (30 kishi, 75-90 ming rubl) 
  • Nasos o‘rnatish mashinasi boshqaruvchisi (20 kishi, 65-85 ming rubl) 
  • Avtomobil haydovchisi (20 kishi, 65-80 ming rubl) 
Shuningdek, tokar, yoqilg‘i uskunalari ta’mirlovchisi, agregatlar ta’mirlovchisi, burg‘ilash uskunasi boshqaruvchisi, motorist, oshpaz va boshqa ishchilar.  
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: 
  • 20 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
  • rus tilini boshlang‘ich darajada bilishi;
  • shimol iqlim sharoitlarida ishlashga tayyor bo‘lishi;
  • kasb bo‘yicha mutaxassisligini tasdiqlovchi hujjatlarga va ish tajribasiga ega bo‘lishi.
Batafsil ma’lumotlarni quyidan topish mumkin. 
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Moskvaning yirik qurilish kompaniyalariga quruvchilarni ishga taklif qilgan edi.  
Yangiliklar lentasi
0