Shavkat Mirziyoyev Koreya Tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Obuna bo‘lish
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilgan

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-aprel kuni mamlakatda tashrif bilan bo‘lib turgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gon Xva xonimni qabul qildi, deb xabar berdi prezident matbuot-xizmati.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

uzbeksko-koreyskie otnosheniya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Koreya munosabatlari: savdo, investitsiyalar va fan
O‘zbekiston Koreya prezidenti Mun Chje In tomonidan Koreya yarimoroli va butun mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan siyosatni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.

Shuningdek, Mirziyoyev rejalashtirilayotgan oliy darajadagi uchrashuvlar mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etishi va yangi istiqbolli kelishuvlarga erishishni ta’minlashiga ishonch bildirgan.

Kan Gon Xva Janubiy Koreya O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan joriy yil mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlarini yuksak baholashini, ushbu anjuman, shubhasiz, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga muhim hissa bo‘lib qo‘shilishini ta’kidlagan.

Shuningdek, Janubiy Koreya fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etish to‘g‘risida qabul qilingan qaror uchun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirgan.

Uchrashuv so‘nggida Kan Gon Xva Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari va keng ko‘lamli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0