Mehnat vazirligi Rossiyada halok bo‘lgan 2 fuqaroning jasadini qaytarishga yordam beradi

© Sputnik / Vitaliy AnkovSamolet aviakompanii "YuTeyr"
Samolet  aviakompanii YuTeyr  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jasadlarni yurtga transpartirovka qilish bo‘yicha dastlabki barcha chora-tadbirlar o‘tkazildi, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari olib ketishga ruxsat berilishini kutmoqda, deyiladi xabarda

TOShKENT, 9 fev - Sputnik. O‘zbekiston mehnat vazirligi Rossiyaga ishlashga ketib, baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘lgan ikki fuqaroning jasadlarini vatanga qaytarishga yordam beradi. Bu haqda vazirlik matbuot-xizmati ma’lum qildi.

Tela pogibshix v Aktobe privezli v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Migrant jasadini jo‘natish harajatlarini kim qoplashi kerak - TIV javobi

Joriy yilning 6-fevral kuni Kolomaj prospekti, 10-uy manzili bo‘yicha joylashgan "Shimoliy zavod"dagi sexda pardozlash ishlarini olib borish jarayonida balandlikdan tushib ketish oqibatida Sank-Peterburg shahrida 1990-yilda tug‘ilgan Alisher Usarov halok bo‘lgan.

Halokat dalillari bo‘yicha ayni paytda tergov-tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.

Hozirgi kunda vafot etgan fuqaroning murdasi Sank-Peterburg, Yekaterinsk prospekti, 10-uy manzili bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi Burosi morgida saqlanmoqda.

Shuningdek, 6-fevral kuni 1998-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Tolibjon Esonov Leningrad viloyati Murino shahrida "Kraski leta" turar joy kompleksida qurilayotgan uyning 14-qavatidan yiqilib, halok bo‘lgan.

Jinoiy ish hali qo‘zg‘atilmagan. Ayni paytda fojiali holat yuzasidan tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.  Halok bo‘lgan fuqaroning jasadi Leningrad viloyati Toksovo shahar morgida saqlanmoqda. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Jasadlarni yurtga transpartirovka qilish bo‘yicha dastlabki barcha chora-tadbirlar o‘tkazildi, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari olib ketishga ruxsat berilishini kutmoqda, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0