IIV internet tarmog‘idagi firibgarlardan ogohlantirdi

© Foto : PixabyXaker
Xaker - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zini Qozog‘iston fuqarosi “Jaden Guldana” deb tanishtirgan shaxs fuqaroga 2 dona “iPhone XS” mobil telefoni sotib olsa, unga yana 1 dona mobil telefoni qo‘shib berishini aytib ishontirgan.

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. O‘zbekiston IIV fuqarolarni chet el mamlakatlarida bo‘la turib, internet tarmog‘i orqali savdo-sotiqni amalga oshirishni taklif etayotgan notanish insonlardan hushor bo‘lishga va aldanib qolmaslikka chaqirdi.

Avtosalon GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan xaridorlarga ogohlantirish bilan chiqdi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 2019-yil 17-fevral kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, unda internet tarmog‘idagi “Apple New” reklama sayti orqali o‘zini Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi “Jaden Guldana” deb tanishtirgan shaxs “Telegramm” ijtimoiy tarmog‘i orqali u bilan gaplashib, u 2 dona “iPhone XS” mobil telefoni sotib olsa, unga yana 1 dona mobil telefoni qo‘shib berishini aytib ishontirganligini, so‘ng 2018-yil 26-dekabr kuni X.T. Qo‘qon shahridagi bankning halqaro elektron pul o‘tkazmasi orqali J.Guldanaga 1200 dollarni o‘tkazganligini, lekin shu kunga qadar mobil telefonini ham pullarini ham qaytarib ololmayotganligini ma’lum qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.

Yangiliklar lentasi
0