Mirziyoyev Tatyana Navka, Pavel Bure va Rossiyaning boshqa sportchilariga Toshkentdan uy berdi

© pixabayDver s klyuchami
Dver s klyuchami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda mashhur sportchilar O‘zbekistonga mehmonga emas, o‘z uyiga kelgandek, kelib-ketishadi

TOShKENT, 15 mar - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Toshkent shahar hokimi rossiyalik bir qator murabbiy va sport yulduzlariga kvartiralar ajratadigan bo‘ldi.

Figuristka Tatyana Navka  - Sputnik O‘zbekiston
Peskovning rafiqasi O‘zbekistonda

Bu haqda O‘zbekiston rahbari 15-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Humo Arena"sining tantanali marosimida ma’lum qildi.

Mirziyoyev o‘z nutqi davomida ochilish marosimida ishtirok etgan mashhur sportchilar va murabbiylar - jahon sporti yulduzlariga murojaat qildi va ularning ko‘magi, bilimi, ko‘nikmasi hamda ulkan professional tajribasiga umid qilishini aytdi.

"Men bugun bu sport yulduzlari bilan uchrashdim. Toshkent shahar hokimiga qisqa fursatda ularga(sportchilarga) kvartiralar ajratib berishi borasida topshiriq berdim. Sportchilar O‘zbekistonga mehmonga emas, balki o‘z uyiga kelib ketgandek kelishsinlar", - dedi O‘zbekiston prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0