Namanganda O‘zbekiston va Belarus harbiylari harbiy mashg‘ulotlari yakunlandi

© Press-slujba Ministerstva oboroniSovmestnie voyennie ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti
Sovmestnie voyennie ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
 “Jangovar hamdo‘stlik – 2019” doirasida o‘tgan mashg‘ulotlar har ikki mamlakat harbiy xizmatchilarining zamonaviy jang amaliyotlaridagi muhim tajribalarini oshirdi

TOShKENT, 25-may - Sputnik. Namanganda "Jangovar hamdo‘stlik–2019" shiori ostida O‘zbekiston–Belarus maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilari o‘rtasida o‘tkazilgan hamkorlikdagi maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy qismi yakuniga yetdi.

© Press-slujba Ministerstva oboroniSovmestnie voyennie ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti
Namanganda O‘zbekiston va Belarus harbiylari harbiy mashg‘ulotlari yakunlandi - Sputnik O‘zbekiston
Sovmestnie voyennie ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti

Mazkur mashg‘ulotlarni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyati hamda mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Belarus qurolli kuchlari delegatsiyasi vakillari bevosita kuzatib bordi.

“Jangovar hamdo‘stlik–2019” taktik-o‘quvida rejalashtirilgan barcha mashg‘ulotlar umumlashib, har ikki mamlakat harbiy xizmatchilarining yuksak jangovar shayligi, tezkorligi va aniqligini ifoda etdi.

© Press-slujba Ministerstva oboroniSovmestnie voyennie ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti
Namanganda O‘zbekiston va Belarus harbiylari harbiy mashg‘ulotlari yakunlandi - Sputnik O‘zbekiston
Sovmestnie voyennie ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti

Harbiy xizmatchilari shartli dushman mudofaa chiziqlarini zirxli texnika orqali yorib kirish, guruhlarga bo‘lingan holda tezkor taktik harakatlar bilan qurolli to‘dalarning pistirmalarini bombardimon etish, tepaliklardan arqon yordamida tushish vazifalarini a’lo darajada bajardilar.

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli Mi-8 vertolotining desantlashtirish harakatlari shartli dushman mudofaasi ort qismini o‘qqa tutish imkonini yaratdi. Garovga olingan bolalar va fuqarolarni o‘zbek va belarus harbiylari betalafot evakuatsiya qildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining Pop tumani bo‘limi va tez tibbiy yordam tezkor xodimlari tomonidan jarohatlangan shaxslarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, evakuatsiyasi amalga oshirildi, yong‘inlar o‘chirildi. Hudud xavfdan butkul xoli bo‘ldi.

Harbiy taktik-mashg‘ulotlarning yopilish marosimida ishtirok etgan har ikki mamlakat mutasaddi vakillari mazkur zamonaviy jang amaliyoti namoyishining yuqori saviyada o‘tganini e’tirof etdi.

© Press-slujba Ministerstva oboroniSovmestnie voyennie ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti
Namanganda O‘zbekiston va Belarus harbiylari harbiy mashg‘ulotlari yakunlandi - Sputnik O‘zbekiston
Sovmestnie voyennie ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti

Maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘rnak bo‘lgan harbiy xizmatchilar har ikki mamlakat mudofaa idoralari tomonidan taqdirlandi.

© Press-slujba Ministerstva oboroniSovmestnie voyennie ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti
Namanganda O‘zbekiston va Belarus harbiylari harbiy mashg‘ulotlari yakunlandi - Sputnik O‘zbekiston
Sovmestnie voyennie ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti

Mehmonlar sharafiga Namangan viloyati hokimligi tomonidan o‘zbek milliy qadriyatlari, urf-odatlari va hunarmandchilik namunalari aks etgan ekspozitsiyalar, shuningdek o‘zbek milliy taomlarining tayyorlanish jarayonlari haqida ma’lumot beradigan ko‘rgazmalar tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0