Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

© Press-slujba Goskomturizma UzbekistanaAvtobusi, kuplennie u kitayskoy kompanii Zhengzhou Yutong Bus
Avtobusi, kuplennie u kitayskoy kompanii Zhengzhou Yutong Bus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anqara shahrida Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha o‘zbek-turk qo‘shma komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Mirziyoyev i Erdogan proveli telefonniy razgovor - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Erdo‘g‘on bilan telefon orqali oliy darajadagi uchrashuv jadvalini muhokama qildi

O‘zbekiston transport vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Anqara shahrida  Xalqaro avtomobil tashuvlari  masalalari  bo‘yicha  o‘zbek-turk qo‘shma komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Turkiyaning transport va infratuzilma vazirligida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi vakillari ishtirokida davlatlar o‘rtasida xalqaro yuk tashish hajmini oshirish muhokama qilingan.

O‘zbekiston va Rossiyani beshta yangi avtobus yo‘nalishlari bog‘laydi

Shuningdek, bu yo‘nalishda o‘zaro ruxsatnomalar berish tartibini takomillashtirish, yuk tashuvlari bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni o‘zaro almashish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashilgan.

Xabarda davlatlar o‘rtasida muntazam avtobus yo‘nalishlarini ochish masalasi ham muhokama etilayotgani qayd etilgan.

Mirziyoyev mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda avtobus yo‘l haqini arzon qilishni buyurdi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya O‘zbekiston avtotashuvchilari uchun kirish vizasini bekor qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0