Toshkentda O‘zbekistondagi ilk zamonaviy IT Park ishga tushdi

© Gazeta.uzMechtay, ver i postroy eto: v Tashkente otkrilsya perviy IT-park
Mechtay, ver i postroy eto: v Tashkente otkrilsya perviy IT-park - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IT Park faol iqtidor egalarini huquqiy, buxgalteriya, marketing va ilmiy-pedagogik masalalarda qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z biznes loyihalarini chinakam biznesga aylantirish uchun barcha imkoniyat beradigan maskan hisoblanadi.

TOShKENT, 25-iyul - Sputnik. Kecha, 24-iyul kuni O‘zbekistondagi birinchi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki – IT Parkning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar qildi.

Tantanali kecha mehmonlari IT Park bo‘ylab ekskursiya davomida mamlakatda startaplarni rivojlantirishga qaratilgan eko-muhit va infratuzilma bilan tanishdi.
IT Parkning Qabul Hay’ati tomonidan tanlab olingan birinchi startap loyihalar alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Tanlovdan o‘tgan dastlabki 15 ta startaperlar orasida:

Kenguru - Sputnik O‘zbekiston
Navoiyda kenguru uchun park qurilmoqda

– Akseleratsiya dasturi bo‘yicha loyihalar: Fastago – Igor Kim; Document Scanner – Shuhrat Zohidov; Electronic Shelf Label – Muzaffar Mahkamov; Agromart – Akbar Boboxonov; Arzon Apteka – Danik Kamilov; Meteostation – Vladimir Alatarsev.

– Inkubatsiya dasturi bo‘yicha loyihalar: Revisor – Islomali Nuraliyev; Event – Shoxruxxon Umarov; Altmed – Maxmudjon Sodiqov; Worklance – Bekzodxon Maxkamov; Delivera – Aziz Qurbonov, Spherra – Rustam Yuldashev, AydaTuda – Vladislav Vavilov; Patient Monitor – Murod Axunov; LockerPost – Rustam Asimov.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda IT Park uchun kovorking markazi, IT akademiya, IT laboratoriya va IT mehmonxonani o‘z ichiga oluvchi uchta yangi binoni topshirish, shuningdek, boshqa hududlardagi yoshlar o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishi uchun yengillik yaratish maqsadida mamlakat mintaqalarida ham IT Parkning filiallarini ochish rejalashtirilgan.

IT Park bu – istiqbolli startap loyihalarini yo‘lga qo‘yish va ularni bozorga olib chiqishga xizmat qiladigan, fan va ta’lim muassasalari bilan integratsiyalashuv orqali amalga oshirishga mo‘ljallangan majmua bo‘lib, u zarur bino, inshoot va uskunlarni o‘z ichiga oladi. IT Park faol iqtidor egalarini huquqiy, buxgalteriya, marketing va ilmiy-pedagogik masalalarda qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z biznes loyihalarini chinakam biznesga aylantirish uchun barcha imkoniyat beradigan maskan hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0