Rossiya va Armaniston harbiylari "ARMI - 2019"da ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelishdi

© Minoboroni UzbekistanaV Uzbekistane vstretili voyennix iz Armenii, pribivshix na konkurs ArMI
V Uzbekistane vstretili voyennix iz Armenii, pribivshix na konkurs ArMI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Musobaqa oldidan mehmonlar uchun Samarqand shahrida joylashgan diqqatga sazovor qadamjolar bo‘ylab ekskursiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 27-iyul - Sputnik. Myanma, Rossiya, Angola va Armaniston harbiy delegatsiyalari "ArMI – 2019"da ishtirok etish uchun "Forish" poligoniga yetib keldi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Uzbekskie snayperi gotovatsya k igram “ArMI-2019” - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik merganlar “ArMI – 2019” musobaqasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda

26 iyul kechasi Myanma davlatidan kelgan mehmonlar kutib olingan bo‘lsa, 27-iyul erta tongida Rossiya, Armaniston va Angola davlatlarining harbiy delegatsiyalari belgilangan manzilga yetib keldi.

Myanma davlatidan 17 nafar, Rossiya Federatsiyasidan 31 nafar, Armanistondan 18 nafar hamda Angoladan 9 nafar mehmon dastlab tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, shundan so‘ng poligonda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26-iyul kuni Vyetnam harbiy delegatsiyasi tanlovda ishtirok etish uchun birinchi bo‘lib yetib kelgandi.

Shuningdek, bugun Ozarbayjonlik harbiylarning ham "Forish"ga yetib kelishi kutilmoqda.

© Minoboroni UzbekistanaV Uzbekistan priyexali voyennie iz Angoli dlya uchastiya v ArMI
Rossiya va Armaniston harbiylari ARMI - 2019da ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelishdi - Sputnik O‘zbekiston
V Uzbekistan priyexali voyennie iz Angoli dlya uchastiya v ArMI

Musobaqalarga 4-avgust kuni start beriladi. Unga iadar mehmonlar uchun Samarqand shahrida joylashgan diqqatga sazovor qadamjolar bo‘ylab ekskursiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0