To‘raqo‘rg‘on IES sanoqli kunlarda ishga tushadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaTurakurganskaya TES
Turakurganskaya TES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona vodiysini svet o‘chishi muammosidan xalos etuvchi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qisman avgust oyining ikkinchi yarmida, Mustaqillik bayrami arafasida ishga tushiriladigan bo‘ldi. Yil oxiriga qadar IES to‘liq quvvatda ishlashni boshlaydi

TOShKENT, 2 avg - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Namangan viloyatida bunyod etilayotgan To‘raqo‘rg‘on IESda sinov ishlari deyarli tugab, birinchi bug‘-gaz turbinasini tarmoqqa ulash va quvvat berish bo‘yicha so‘nggi tayyorgarlik ishlari ketmoqda. IES avgust oyida ishga tushiriladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga To‘raqo‘rg‘on IES bosh muhandisi Nodirbek Nasibaliyev.

Muhandisning aytishicha, yoz va qish mavsumlari Farg‘ona vodiysida elektr-energiyasini iste’mol qilish bo‘yicha "pik davrlar" hisoblanadi va bu vaqtlarda iste’mol ko‘rsatkichi 1800 MVtni tashkil etadi. To‘raqo‘rg‘on IEsning ishga tushirilishi esa elektr-energiyasiga bo‘lgan ushbu talablarni birmuncha qondirishga xizmat qiladi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMaket Turakurganskoy TES
To‘raqo‘rg‘on IES sanoqli kunlarda ishga tushadi - Sputnik O‘zbekiston
Maket Turakurganskoy TES

"Avgust oyi ikkinchi yarmida IESning birinchi blok bug‘-gaz qurilmasi ishga tushiriladi va dastlab 300 MVt elektr-energiyasi ishlab-chiqariladi. Bu Namangan viloyatining elektr-energiyaga bo‘lgan ehtiyojini 70-80 % qoplaydi. Birinchi energiya blokimiz batamom ishga tushganida Namangan viloyati to‘liq energiya bilan ta’minlanadi", - dedi Nasibaliyev.

Nasibaliyev O‘zbekistondagi birinchi zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi bo‘lgan bu qurilmaning boshqa elektrstansiyalardan afzalligi haqida ham to‘xtaldi.

Turakurganskaya teplovaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on IES qurilishini tezlashtirishni topshirdi

"Bu yerda ishlab chiqarilgan elektr energiya tannarxi boshqa issiqlik elektr stansiyalarnikidan arzonligi bilan ajralib turadi. Misol uchun, 1 kVt/s elektr energiyani ishlab chiqarish uchun 220 gramm shartli yoqilg‘i sarf bo‘ladi. Hozirda ishlab turgan eski energiya bloklarimiz qiladigan sarfdan ikki barobar kamdir. Bundan tashqari IES yuqori aniqlikda ishlaydi, atrof muhitga zarar yetkazmaydi", - dedi u.

Nasibaliyevning aytishicha, IESning birinchi bug‘-gaz qurilmasi to‘liq sentabr oyida, ikkinchisi esa joriy yil dekabr oyida ishga tushiriladi. Natijada Farg‘ona vodiysi iste’molchilari uchun 900 MVt qo‘shimcha quvvat ishlab chiqariladi va bu vodiy aholisi iste’mol qilayotgan elektr energiyasining teng yarmidan ko‘pni tashkil etadi.

Umumiy qiymati 1 milliard 195 million AQSh dollaridan ziyod bo‘lgan To‘raqo‘rg‘on IES loyihasini amalga oshirish Yaponiyaning "Mitsubihi Corporation" va "Mitsubishi Hitachi Power Systems" konsorsumi tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha 10-yildan so‘ng o‘zini to‘la oqlaydi.

Bunyodkorlik ishlariga 2 ming 400 dan ziyod mahalliy va xorijiy ishchi-xizmatchi jalb etilgan. Loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini Turkiyaning "SaIik Enerji" kompaniyasi muhandis-texnik mutaxassislari bajarmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0