O‘n birinchi avgust kuni bo‘lib o‘tadigan test sinovlari boshqa muddatga ko‘chirildi

© X. Paydoyev / Narodnoe slovoStudenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v "Uzekspotsentre"
Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan 11-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan test sinovlari boshqa muddatga ko‘chirildi.

TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan 11-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan test sinovlari boshqa muddatga ko‘chirildi.

Davlat test markazining xabar qilishicha, test sinovlari quyidagi muddatlarga ko‘chirilgan (abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bino va soat o‘zgarmagan holda):

  • Qashqadaryo viloyatida - 12-avgust kuni;
  • Farg‘ona, Jizzax va Navoiy viloyatlarida - 13-avgust kuni;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Xorazm va Samarqand viloyatlarida - 14-avgust kuni;
  • Buxoro viloyatida – 15-avgust kuni o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0