“Kaptiva”da uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan 19 yoshli yigit topildi

Obuna bo‘lish
Avvalroq Toshkentda 19 yoshli fuqaro o‘zining “Kaptiva” rusumli avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini xabar qilingandi.

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Toshkentda “Kaptiva” rusumli avtomashinasida uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan 19 yoshli yigit topildi.

Avtomobilnaya doroga v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Captiva avtomashinasida chiqib ketgan yigit qidirilmoqda

IIV xabariga ko‘ra, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida hamda fuqarolar bergan ma’lumotlarga asosan K.Usmonov Mirobod tumanida joylashgan Toshkent Temir yo‘l muhandislari instituti oldidan topilib, sog‘-salomat oila a’zolari bag‘riga qaytarilgan.

Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

IIV ushbu holat yuzasidan ichki ishlar organlariga xabar bergan fuqarolarga minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 19 yoshli yigit mashinada uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini xabar qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0