Tramp: Arxangelsk viloyatidagi portlashdan so‘ng AQSh "ko‘p narsani angladi"

© Sputnik / Irina Kalashnikova / Mediabankka o‘tishVizit prezidenta SShA D. Trampa v Parij
Vizit prezidenta SShA D. Trampa v Parij - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa Rossiya Mudofaa vazirligining Arxangelsk viloyatidagi poligonida 8-avgust kuni yuz bergan. Rosatom o‘zining 5 nafar mutaxassisi halok bo‘lgani haqida xabar qilgan. Ularning barchasi Jasorat medali bilan taqdirlandilar

TOShKENT, 13 avg – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Rossiyada 8-avgust kuni suyuqsimon reaktiv dvigatelli qurilma sinovi vaqtida yuz bergan favqulodda hodisadan xulosa chiqarganini aytdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

RC-135U - AQSh razvedkachi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
NATO samolyotlari Rossiya sarhadlarida razvedka o‘tkazdi

"Qo‘shma Shtatlar Rossiyada raketa portlashiga olib kelgan muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, ko‘p narsani angladi. Bizda ham shunga o‘xshash, lekin yanada zamonaviy texnologiyalar bor. Rossiyadagi Skyfall portlashi odamlarni obyekt atrofidagi va undan ancha yiroqda bo‘lgan havodan tashvish tortishga undadi. Yaxshimas!" - deb yozgan AQSh prezidenti o‘zining Twitterida.

Amerika razvedkasi gumonlariga ko‘ra, Nenoks yaqinida NATO tomonidan SSC-X-9 Skyfall deb ataluvchi qanotli "Burevestnik" raketasi prototipi portlagan. Rossiya Mudofaa vazirligi va Rosatom alanga olishi natijasida yuz bergan portlash suyuqsimon reaktiv dvigatelli qurilma sinovi vaqtida ro‘y berganini ma’lum qilgan.

Hodisa Rossiya Mudofaa vazirligining Arxangelsk viloyatidagi poligonida 8-avgust kuni yuz bergan. Rosatom o‘zining 5 nafar mutaxassisi halok bo‘lgani haqida xabar qilgan. Ularning barchasi Jasorat medali bilan taqdirlandilar.

Yadroviy markazning yana uch nafar vakili jarohatlangan bo‘lib, ayni vaqtda ularga kasalxonada zarur yordam ko‘rsatilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0