O‘zbekiston fuqarolarini "shilish" uchun chet elda eskirgan usullar qo‘llanmoqda

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishYeshe bolshe gosuslug mojno budet poluchit cherez internet
Yeshe bolshe gosuslug mojno budet poluchit cherez internet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoro shahrida yashovchi bir qator fuqarolar masofadan turib "shilish" sxemasiga asoslangan firibgarlik holatiga duch kelishdi

TOShKENT, 13 avg - Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mamlakat fuqarolarini internetda amalga oshirilayotgan firibgarliklardan ogoh bo‘lishga bot-bot chaqirayotganiga qaramay, soddaligi tufayli osonlikcha o‘ljaga aylanayotgan fuqarolar ko‘plab topilmoqda.

Informatsionnie texnologii - Sputnik O‘zbekiston
Internet-firibgarlar o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirmoqda?

Joriy yilning iyul oyida Buxoro shahrida yashovchi bir qator fuqarolar aynan shunday firibgarlik holatiga duch kelishgan.

Buxoroda yashovchi fuqarolar: Salima, Sardor va Saida O‘zbekistondagi onlayn-savdoplatformasi bo‘lmish "Olx" saytida divan sotishlari to‘g‘risida e’lon joylashtirishadi.

E’lon saytda chiqqach, Rossiya Federatsiyasiga tegishli telefon raqamidan bir necha bor qo‘ng‘iroq bo‘ladi va o‘zini "Sergey" deb tanishtirgan noma’lum shaxs, ulardan divanlarni sotib olishni va’da qiladi. Mebellarning pullarini esa "Click-Bot" pul o‘tkazish tizimi orqali ularning nomidagi plastik kartochkalariga ko‘chirib berishini aytadi.

Shundan so‘ng noma’lum shaxs O‘zbekiston fuqarolari nomida bo‘lgan plastik kartochkalarning 16 va 5 ta raqamlardan iborat maxfiy kodlarini aldov yo‘li bilan so‘rab olib, uch fuqaroning plastik kartochkasidan umumiy miqdorda 4 million 398 ming so‘mni yechib olgan.

"Mazkur holat yuzasidan uchala shaxs ham Buxoro shahar IIO FMBga qilgan murojaatiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda", - deyilgan IIV xabarida.

O‘zbekiston IIV mamlakat fuqarolaridan "o‘zlari tanimagan, ko‘rmagan va bilmagan shaxslar bilan internet tarmoqlari orqali oldi-sotdi yoki qandaydir kelishuvlarni amalga oshirayotganda hamisha hushor bo‘lishlarini" so‘raydi.

Shuni aytish joizki, firibgarlar O‘zbekistonda qo‘llayotgan bu sxema, chet elda keng tarqalgan internet-firib turlaridan biri - fishing sifatida mashhur. Fishing maqsadi - kishiga tegishli kredit yoki boshqa kartalarning PIN-kodi va boshqa ma’lumotlarni qo‘lga kiritishdan iborat. Hech qachon kartangiz raqami yoki PIN-kodini begonalarga bermang.

Yangiliklar lentasi
0