Mirziyoyev Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda keyingi yillarga mo‘ljallangan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy vazifalari belgilab olindi.

TOShKENT, 16 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-avgust kuni Xavfsizlik kengashining mamlakat tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy natijalari va istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
ShHTning navbatdagi sammitida xavfsizlik va rivojlanish – asosiy mavzu bo‘ladi

Tadbirda Oliy Majlis palatalari, prezident administratsiyasi, vazirlar mahkamasi, DXX, milliy gvardiya, bosh prokuratura, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo, mudofaa, ichki ishlar vazirliklari, DXX chegara qo‘shinlari, mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi, inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz rahbarlari va prezident huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi ishtirok etdi.

Yig‘ilishda mamlakatning xorijiy hamkorlar bilan birgalikda erishilgan amaliy natijalar, global tendensiyalar, shuningdek, jahon va mintaqada barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xatarlar ko‘rib chiqildi. Keyingi yillarga mo‘ljallangan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy vazifalari belgilab olindi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan, jumladan, parlament tomonidan qat’iy nazoratni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

O‘zbekistonning BMT, ShHT, MDH, IHT kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar faoliyatidagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratilib, ushbu tuzilmalar doirasida mamlakat tashabbuslarini ilgari surishga doir vazifalar belgilandi.

Yig‘ilishda shu davrgacha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy baholandi hamda mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga hamkor davlatlar bilan o‘zaro manfaatli muloqotni yo‘lga qo‘yishni davom ettirish, shuningdek, ikki va ko‘p tomonlama aloqalar doirasida milliy manfaatlarni ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0