Nazarboyev Qozog‘iston Xitoyning "Bir kamar bir yo‘l" loyihasini foydali, deb topdi

© Fotoxost-agentstvoPrezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev
Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Biz Xitoy xalq respublikasining Yangi ipak yo‘li bo‘yicha loyihasini qo‘llab-quvvatlaymiz. Chunki bu tashabbus bizga manfaatli. Ko‘rib turganingizdek, biz dengiz yo‘llariga chiquvchi davlatga aylandik", - deb ta’kidlagan Nazarboyev

TOShKENT, 24 sen - Sputnik. Xitoy tomonining "Bir kamar, bir yo‘l" loyihasi Qozog‘iston uchun foydali, deb ta’kidladi Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Yevroosiyo mamlakatlari parlamentlari spikerlarining to‘rtinchi majlisi davomida.

Donald Trump - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: Xitoy o‘z harbiy qudrati bilan butun dunyoga xavf tug‘dirmoqda

"Biz Xitoy xalq respublikasining Yangi ipak yo‘li bo‘yicha loyihasini qo‘llab-quvvatlaymiz. Chunki bu tashabbus bizga manfaatli. Ko‘rib turganingizdek, biz dengiz yo‘llariga chiquvchi davlatga aylandik", - deb ta’kidlagan Nazarboyev.

U shuningdek, "bugun Tinch okeanidan Qozog‘iston, Rossiya orqali Yevropaga o‘tuvchi konteynerlar soni ikki barobar ko‘payganini" aytdi. "Boshqacha qilib aytganda, Qozog‘iston Osiyo, Yevropa, shimol va janubni samarali birlashtiruvchi tranzit davlatga aylandi", - dedi Nazarboyev.

Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev 10-12 sentabr kunlari Pekinda rasmiy tashrif bilan bo‘lgan edi. Bu uning davlat rahbari sifatidagi Xitoyga qilgan birinchi tashrifi. Tokayev Xitoy rahbariyati, xususan, XXR raisi Si Szinpin bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Ikki qo‘shni davlatlar yetakchilari davlatlararo hamkorlik darajasini ko‘tarishga hamda barcha sohalarda hamkorlikni faollashtirishga kelishdilar.

Yangiliklar lentasi
0