"Ichki kiyimsiz": Ivanka Trampning BMT majlisidagi kiyimi ko‘pchilikning g‘ashini keltirdi

© AFP / MANDEL NGANIvanka Tramp
Ivanka Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari amerika yetakchisining 37 yashar qizi omma orasida ichki kiyimsiz paydo bo‘ldi, deya xulosa qilganlar

TOShKENT, 25 sen — Sputnik. AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh assambleyasi yig‘iniga kiyib borgan kiyimi uchun ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin tanqidiga uchradi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.

View this post on Instagram

A post shared by Ivanka Trump (@ivankatrump) on

Ivanka tadbirdan olingan fotosuratlarni o‘zining Instagram dagi sahifasida e’lon qilgan.

37 yashar Ivanka BMT Bosh Assambleyasi doirasida o‘tkazilgan an’anaviy Concordia sammitida ishtirok etgan va u yerga Pradadan 3D-shaklda sariq atirgullar surati tushirilgan yubkada hamda tor ko‘ylakda borgan.

Ayrim foydalanuvchilar Ivanka ichki kiyim kiymagan, degan xayolga borishgan.

View this post on Instagram

A post shared by Sarp (@zarpdaglar) on

"Siz ham men ko‘rayotgan narsani ko‘rapsizmi?" — deb savol qoldirgan foydalanuvchilar surat ostidagi izohlarda.

Sal keyin ular bustgalterning choksiz modeli tufayli yanglishganliklari oydinlashgan. Shu bilan birga, ko‘plab foydalanuvchilar amerika yetakchisi qizining tashqi ko‘rinishini qizg‘in muhokama qilishga ulgurishgan, va Ivanka bu tashrif bilan o‘z atrofida shov-shuv ko‘tarishni maqsad qilgan va buni uddasidan chiqdi, degan xulosaga kelishga ulgurishgan.

BMTning Nyu-Yorkdagi Bosh Assambleyasi 17-sentabr kuni ochildi. Oliy darajadagi umumsiyosiy debatlar 24-sanadan 30-sanaga qadar bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0