Mirziyoyev Si Szinpinni XXR tashkil topganining 70-yilligi bilan qutladi

© Jason Lee/Pool Photo via APPredsedatel KNR Si Szinpin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Predsedatel KNR Si Szinpin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, XXR tashkil topganining 70-yillik yubileyi katta tantana bilan nishonlanmoqda. Yubiley sanaga bag‘ishlab seshanba kuni mamlakatda ulkan harbiy parad bo‘lib o‘tmoqda

TOShKENT, 1 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga XXR tashkil topganining 70-yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

Parad v Pekine po sluchayu 70-letiya okonchaniya Vtoroy mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
"Sharq shamoli": Xitoy eng yangi mintaqalararo ballistik raketani ko‘z-ko‘z qildi

Eslatib o‘tamiz, XXR tashkil topganining 70-yillik yubileyi katta tantana bilan nishonlanmoqda. Yubiley sanaga bag‘ishlab seshanba kuni mamlakatda ulkan harbiy parad bo‘lib o‘tmoqda.

Harbiy paradni qabul qilgan XXR raisi Si Szinpin mamlakatning asosiy maydonida qilgan chiqishi davomida dunyodagi hech bir kuch xitoy millatining taraqqiy etishini to‘xtata olmasligini ma’lum qildi.

"Bu buyuk davlat asosini zaiflashtira oladigan birorta kuch yo‘q. Birorta kuch xitoy millatini oldinga harakatlanishdan to‘xtata olmaydi", - deya bayonot qilgan Si Szinpin Tananmen maydonida harbiy parad boshlanishi avvalida.

XXR raisi Xitoy tinch taraqqiyot yo‘liga qat’iy amal qilishi, ochiqlik siyosatini davom ettirishini qo‘shimcha qilgan. Shu bilan birga Si Szinpin xitoy armiyasi va qurollangan politsiyasi mamlakat suvereniteti, xavfsizligi va rivojlanish bo‘yicha manfaatlarini qat’iy himoya qilishini ta’kidlagan.

"Biz yagona taqdirga ega jamiyatni birgalikda qurish uchun barcha davlatlar bilan ishlashni davom ettiramiz", - deb aytgan Si Szinpin.

XXR 1949-yilning 1-oktabrida tashkil topgan.

Yangiliklar lentasi
0