Matviyenko O‘zbekiston Diplomatik protokol xizmati faoliyatiga baho berdi

© SputnikValentina Matviyenko i Tanzila Narbayeva
Valentina Matviyenko i Tanzila Narbayeva  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenkoning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Diplomatik protokol xizmati o‘z vazifalarini oliy darajada bajaradi

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. RF Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko O‘zbekistonlik diplomatlar faoliyatiga yuqori baho berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Zasedanie Soveta Federatsii RF - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev YeOIIga qo‘shilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq berdi - Matviyenko

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva bilan jurnalistlar oldida qilgan chiqishi yakunida Matviyenko tashrifga tayyorgarlik nihoyatda oliy darajada ko‘rilganini mamnuniyat bilan qad etdi.

"Rossiya delegatsiyasiga ko‘rsatilgan chuqur ehtirom va e’tibor uchun tashakkur. Biz bu iliq mehmondo‘stlikni his etdik, biz buni juda qadrlaymiz. Bu e’tiborni bizning davlatimizga, xalqimizga bo‘lgan munosabat ramzi, deb qabul qilamiz, rahmat. Bunday tayyorgarlikka hamisha ham bo‘lavermaydi. O‘zbekistonda Diplomatik protokol, diplomatik amaliyot oliy darajada ishlaydi", - deb qayd etdi Matviyenko.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federal Majlisi Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko kuni kecha, 1-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan edi. Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroportida O‘zbekiston Ssenati raisi Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov, Rossiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Turdenev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Yangiliklar lentasi
0