Musulmonlar idorasida bezorilik qilganlikda gumonlangan blogerlar ustidan sud hukmi o‘qildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMolotok sudi
Molotok sudi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, joriy yil aprel oyida Rustam Karim va To‘lqin Astanov Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali jonli efirga chiqib, O‘zbekiston Musulmonlar idorasiga borishgan

TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Blogerlar — Rustam Karim va To‘lqin Astanovga nisbatan sud hukmi o‘qildi, deb xabar bermoqda o‘zbek OAVlari O‘zbekiston Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidovga tayangan holda. Blogerlar Musulmonlar idorasida bezorilik qilganlikda gumonlanayotgan edi.

Operativno-strategicheskie komandno-shtabnie ucheniya spesslujb stran ShOS - Sputnik O‘zbekiston
ShHT davlatlari maxsus xizmatlari 2018-yilda 600dan ortiq terrorchilarni qo‘lga oldi

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 8-aprel kuni Rustam Karim va To‘lqin Astanov Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali jonli efirga chiqib, O‘zbekiston Musulmonlar idorasiga borishgan, "Shayx" Ablulaziz Mansur bilan uchrashdik! Yangi yil bobo bilan", deb izoh yozar ekan, ular "Halol" sertifikati, hijob masalasi, Vazirlar Mahkamasining maktab formasi to‘g‘risidagi 666-sonli qarori bo‘yicha suhbat olib borishganini ma’lum qilganlar.

Shu kunning o‘zida blogerlar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Orif Qlichev raisligida bo‘lib o‘tgan sud yakuniga ko‘ra,  Rustambek Karimov (1975 yilda Toshkent shahrida shahrida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta, muqaddam sudlangan, vaqtincha ishsiz) O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. 

Diniy ulamolarning OAVlarda chiqishlari ko‘paytiriladi >>>

Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 1-qismi bilan 2-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) 8-qismi tartibida jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudining 2019-yil 16-maydagi hukmi bilan tayinlangan jazoning o‘talmagan qismini qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 3-yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Zaderjanie podozrevayemix v sovershenii prestupleniya - Sputnik O‘zbekiston
DXX to‘rt nafar "Xizb ut-Tahrir" a’zosini qo‘lga oldi

Tayinlangan jazoni manzil koloniyalarda o‘tattirish belgilandi.

To‘lqin Astanov Jinoyat kodeksi 244−1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi "g" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga Jinoyat kodeksining 244−1-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan 5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, Jinoyat kodeksining 72-moddasi (shartli hukm qilish) tartibida, tayinlangan 5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli deb hisoblanib, 2-yil sinov muddati belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0