Vologda delegatsiyasi O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘ldi

© Toshkent shahar hokimligidelegatsiya Vologdi v Uzbekistane
delegatsiya Vologdi v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muloqot davomida Vologda viloyati bilan o‘zaro tovar aylanmasi 100 mln. AQSh dollari miqdorida ekanligi qayd etildi va bu ko‘rsatkichni kamida besh barobargacha ko‘paytirishga kelishib olindi.

TOShKENT, 7 noyab – Sputnik. Kuni-kecha Toshkent shahar hokimligida Rossiya Federatsiyasi Vologda viloyatidan tashrif buyurgan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar va o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

Kupuri amerikanskix dollarov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya kompaniyalari Farg‘ona viloyatiga yuz million dollarlik investitsiya kiritadi

Muloqot davomida o‘zaro aloqalar neft, gaz va telekommunikatsiya sohalarida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, hozirda  hamkorlik ko‘lami kengayganligi ta’kidlab o‘tildi.  Xususan, Vologda viloyati bilan  o‘zaro tovar aylanmasi 100 mln. AQSh dollari miqdorida ekanligi qayd etildi va bu ko‘rsatkichni kamida besh barobargacha ko‘paytirishga kelishib olindi.  

Vologda viloyati gubernatori o‘rinbosari Vitaliy Tushinov savdo-iqtisodiy, sanoat va qurilish yo‘nalishidagi hamkorlik bo‘yicha mulohazalarini bayon etar ekan, qurilishda yog‘ochli binolarni barpo qilish taklifini bildirdi. Taxtani qayta ishlash, qandolatchilik, ekologik toza kiyimlar ishlab chiqarish hamda baliqchilik bo‘yicha o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish ikki tomon uchun ham ahamiyatli ekanligi rossiyalik delegatlar tomonidan ma’lum qilindi.

Yangiliklar lentasi
0