O‘zbekistonda noshirlik faoliyatiga doir qonun qabul qilinishi kutilmoqda

Obuna bo‘lish
Shu kunlarda parlamentda ko‘rib chiqilayotgan “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasida ilk bor "nashr" tushunchasiga ta’rif berilgan.

TOShKENT, 7 noyab – Sputnik. Kuni-kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida kitob va boshqa bosma mahsulotlarini nashr etish, tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va savodxonlik madaniyatini yuksaltirishga ko‘maklashuvchi, soha faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Uning qabul qilinishi, qayd etilishicha, o‘zbekistonlik yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, estetik ehtiyojlariga mos sifatli kitoblarni nashr etish, kitoblarni qulay narxlarda joylarga yetkazib berish, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, o‘sib kelayotgan avlodda bolalikdan kitobga mehr uyg‘otish, ularda elektron kitoblarni o‘qish qobiliyatini shakllantirish, umuman mutolaa hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

17-oe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa RUz - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ilk bor volontorlar faoliyatiga huquqiy maqom berilmoqda

Qonun loyihasi 2019-yilning 6-sentabr kuni parlament quyi palatasining majlisida birinchi o‘qishda ma’qullangan edi. Shunday bo‘lsa-da, qonunni yanada takomillashtirish uchun qaytadan ko‘rib chiqish taklif etildi. Natijada, qonun loyihasi yuzasidan ekspertlar ishtirokida qator davra suhbatlari va jamoatchilik muhokamalari o‘tkazildi.

Xususan, loyiha Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytiga (parliament.gov.uz) keng muhokama uchun joylashtirildi. Birinchi o‘qishda qabul qilingan loyihada keltirilgan “Nashrning asl nusxasi” deb nomlangan tushuncha noshirlik faoliyatining asosi hisoblangan “nashr” so‘zining ma’nosini bergani, shuningdek, qonunchilik texnikasidan kelib chiqib, loyiha matnida juda ko‘p bor uchraganini inobatga olib, “nashr” tushunchasiga ta’rif berildi.

Shu bilan birga, qonun loyihasidan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni asosida tartibga solinuvchi va “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda takrorlangan normalar chiqarildi, yuridik texnikasi qoidalari nutqai nazaridan hamda tahririy jihatidan 50 dan ortiq tuzatishlar kiritildi.

Deputatlar qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi noshirlik faoliyatini litsenziyalash tartiblarini soddalashtirish, axborot-kutubxona muassasalari va tashkilotlarga nashrlarning majburiy bepul nusxalarini taqdim etishni tartibga solish yo‘li bilan milliy bosma nashrlar fondi rivojlanishining huquqiy asoslarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0