Toshkentda zamonaviy sug‘urta bozori istiqbollari muhokama qilinmoqda

© Facebook / UZREPORT TVMejdunarodnaya konferensiya "Sovremenniy straxovoy rinok Uzbekistana" v Tashkente
Mejdunarodnaya konferensiya Sovremenniy straxovoy rinok Uzbekistana v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakatda chet el sug‘urta kompaniyalari faoliyatining cheklanishi, davlatning kuchli nazorati va dinamizmning yo‘qligi sug‘urta bozorining rivojlanishdagi asosiy to‘siqlardan biri deya qayd etildi.

TOShKENT, 7 noyab - Sputnik. Toshkentda Buyuk Britaniya, AQSh, Rossiya, Germaniya, Xitoy, Ukraina davlatlaridan kelgan sug‘urta sohasining yetakchi ekspertlari ishtirokida “Zamonaviy O‘zbekiston sug‘urta bozori” xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Vaksinatsiya  - Sputnik O‘zbekiston
Majburiy tibbiy sug‘urtalash O‘zbekistonda qachon paydo bo‘ladi?
Konferensiyada mamlakat sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirish yo‘nalishlari, shuningdek milliy va xalqaro sug‘urta bozorlarining hozirgi holati muhokama qilinmoqda.

Tadbir qatnashchisi kanadalik xalqaro ekspert Maykl Koenning fikricha, mamlakatda chet el sug‘urta kompaniyalari faoliyatining cheklanishi, davlatning kuchli nazorati va dinamizmning yo‘qligi sug‘urta bozorining rivojlanishdagi asosiy to‘siqlardan biri hisoblanadi.

“O‘zbekistonda zamonaviy sug‘urta bozorini shakllantirish uchun birinchi galda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xususiy sug‘urta kompaniyalarini rag‘batlantirish bilan birga minimal kapitalni ko‘paytirish lozim”, — dedi M.Koen.

“O‘zagrocug‘urta” sug‘urta kompaniyasi, “Sairpo” axborot reyting agentligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur konferensiyada O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urtani tatbiq qilish va ob-havo bilan bog‘liq xavf-xatarlardan paxta, poliz va ko‘p yillik o‘simliklarning hosilini sug‘urta qilish kabi mavzular konferensiya kun tartibidan o‘rin olgan.

O‘zbekistonda sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

“Konferensiya O‘zbekistonda zamonaviy sug‘urta bozorini qanday qilib shakllantirish, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda mahalliy sug‘urta xodimlarning bilimini oshirish va xorij tajribasini o‘rganish maqsadida tashkil etildi. Demak, 2022-yilga qadar O‘zbekistonning zamonaviy sug‘urta bozori shakllanishi va rivojlanishi uchun erkin muhit yaratiladi. Shuningdek, oxirgi 3-yil ichida aholida sug‘urta kopmaniyalariga nisbatan ishonch bir qadar oshganini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Negaki, shu davrda sug‘urta kompaniyalarining ham soni oshdi. Ular o‘rtasida raqobat yuzaga keldi. Qolaversa, sug‘urta hodisalari ro‘y berganda tovon pullarining o‘z vaqtida berilayotgani bunga sabab bo‘lmoqda. 2020-yildan boshlab tibbiy majburiy sug‘urta joriy etilmoqda. Bu ham aholi sug‘urta madaniyatini oshirishga yordam beradi ham aholi manfaatlariga xizmat qiladi”, — dedi “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati vakili Dilnoza Mustafoyeva.

Konferensiya joriy yilning 9-noyabriga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0