Toshkentning ikki tumanida vaqtincha gaz o‘chiriladi

© Sputnik / StringerZajjenie gazovoy konforki
Zajjenie gazovoy konforki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ertaga poytaxtning Bektemir va Yashnobod tumanlaridagi ayrim hududlarida vaqtincha gaz ta’minoti bo‘lmaydi.

TOShKENT, 13 noya – Sputnik. 14-noyabr kuni soat 8:00 dan 19:00 gacha poytaxtning Bektemir va Yashnobod tumanlaridagi ayrim hududlarida vaqtincha gaz ta’minoti bo‘lmaydi. 

Toshkent shahar hokimligi xabarida yozilishicha, ushbu hududlarda vaqtincha gaz bo‘lmasligi Yashnobod tumanida yer osti yuqori bosimdagi gaz quvurining 820 metr qayta o‘tkazilgan qismini ishga tushirish uchun ulash ishlari bilan bog‘liq.

Bektemir tumani: TXAY AGNKS GNS, TXAY AGNKS “Gold gaz”, TXAY AGNKS “Saida servis”, TXAY “O‘t o‘chirish qismi”, TXAY “Artel” zavodi.

Yashnobod tumani: “Tuzel 2,3,4” mavzelari, “Aerodrom” mavzesidagi 80 ta xususiy xonadon, TXAY “DSK-1”, TXAY “MJBK”, TXAY ko‘chasidagi ulgurji iste’molchilar, TXAY, AGNKS “Inter mobil gaz” , Izzat ko‘chasi “7-IM”, Ohangaron ko‘chasidagi “Saxovat non”, Temirchi ko‘chasidagi ulgurji iste’molchilar, “LIS” (Lotnaya ispitatelnaya stansiya), “LINKS” MChJ QK, “Original texnologiya” MChJ , “Midl aziya rotoplast” MChJ , AGNKS -2 (Raxshona), “Hududgaz Toshkent” MChJ.

Yangiliklar lentasi
0