Qozog‘istonda 55 nafar o‘zbek migrantlarini olib ketayotgan avtobus buzilib qolgan - TIV

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishProverka dokumentov u migrantov
Proverka dokumentov u migrantov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarga ko‘ra, sovuq ob-havoga qaramay yoz uchun mo‘ljallangan yonilg‘idan foydalanilgani tufayli avtobus muzlab qolgan va bu nosozlikni keltirib chiqargan.

TOShKENT, 22 noya - Sputnik. Joriy yil 20-noyabr kuni Samara-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan va ichida 57 nafar odam, jumladan 55 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus Aqtobe viloyati Xromtau tumani hududida texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgan. Bu haqda O‘zbekiston TIV Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonadan olingan xabar asosida ma’lum qildi.

Silniy snegopad v Tatarstane - Sputnik O‘zbekiston
"Noqulay ob-havo": TIV Qozog‘istonga ketayotgan fuqarolarni ogohlantirdi

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha viloyat departamenti yordamida issiq joyga evakuatsiya qilingan.

"Ular orasida tibbiy yordamga muxtojlar mavjud emas. Sovuq ob-havoga qaramay avtobusda yoz uchun mo‘ljallangan yonilg‘idan foydalanilgani va u muzlab qolgani nosozlikka sabab bo‘lgan. Ayni paytda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.

O‘zbekistonning Aqtaudagi Bosh konsulxonasi vaziyatni nazoratga olganligi aytilmoqda.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston fuqarolarini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qishki vaqtda Qozog‘istonga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligi haqida ogohlantirib qolgan.

Yangiliklar lentasi
0