"Beshinchi marta": Imon Karimova onasining hibsi uzaytirilgani haqida ma’lum qildi

© InstagramNari dlya Gulnari: sokamernitse Karimovoy prishlos ustupit yey mesto u okna
Nari dlya Gulnari: sokamernitse Karimovoy prishlos ustupit yey mesto u okna - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gulnora Karimovaning qizi onasining qamoqda saqlanishi muddati qachon, kim tomonidan va qancha muddatga uzaytirilganini aniqlashtirmagan

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Gulnora Karimovaning hibs muddati beshinchi marta uzaytirildi, deb xabar qildi o‘zining Instagramida Imon Karimova.

Shu bilan birga, Gulnora Karimovaning qizi onasining qamoq jazosi muddati qachon, kim tomonidan va qancha muddatga uzaytirilganligi haqida aniqlik kiritmagan.

"O‘tkazilayotgan tergovning bosh maqsadi - Gulnora Karimovani barcha ehtimoliy iqtisodiy va ijtimoiy muammolarda aybdor qilish", - deb yozadi Imon.

View this post on Instagram

Eng: ➡️ Due to a recent influx of questions from citizens and journalists alike, our team will begin publishing the full informational background regarding the politically motivated case of Gulnara Karimova. Details and facts that only recently became known will be released in order to have full transparency regarding the illegal methods used by the government to drown her in charges. Recently, the case has been given the status of ‘classified’, without an explanation of the reasons that drove this decision, fully understanding that this will impede any possible defence that can be put forward due to even lawyers not having access to materials. Thus, lawyers and even close relatives were left without information about the case and the health of Gulnara, which according to recent reports has been critical. This topic will also be covered in more detail in the coming days, who does it benefit in the government for her health to deteriorate. Unfortunately, at the moment it is becoming clear that the main goal of the investigation is to blame Gulnara Karimova for all possible economic and social mishaps and issues that have arisen over the past few years, during which she was not in the spotlight, incarcerated and had no ability to provide any type of defence nor plea for medical intervention. This will be the fifth attempt by the government of Uzbekistan to prolong her sentence and keep her under full isolation due to their fear of the truth in this case that closely links most members of government. All previous attempts have been discredited by international law firms and organisations, as well as foreign prosecutions which had to address a collusion element which the government of Uzbekistan attempted. #uzbekistan #freeguli #gulnarakarimova

A post shared by @ iman.k17 on

Imonning so‘zlariga ko‘ra, tez orada yangi ma’lumotlar chiqishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyul oyida iman.k17 akkauntida Gulnoraning qamoqda saqlanishi mavzusiga doir ma’lumotlarning chop etilishiga doir savolga javoban Imon Karimova ushbu sahifa haqiqatda o‘ziga tegishlilili, ammo xabarlar boshqalar tomonidan tayyorlanishini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning birinchi prezidenti qizi Gulnora Karimova Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2017-yil 18-dekabrdagi hukmi bilan 10-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Nari dlya Gulnari: sokamernitse Karimovoy prishlos ustupit yey mesto u okna - Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimova qamoqxonada oila a’zolari bilan uchrashdi

Karimova jazoni o‘tash tartibi va shartlarini qasddan buzganligi sababli jinoyat-ijroiya qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekiston IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmatining taqdimnomasiga asosan, 2019-yil 5-martda jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan unga nisbatan tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilib, umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.

Sal oldin Bosh prokuratura Gulnora Karimovaning chet eldagi aktivlarini qaytarish bo‘yicha ishlarni davom ettirayotganini ma’lum qilgan edi.

Bosh prokuratura Gulnora Karimovaning 12 xorijiy mamlakatda jami 1,5 milliard dollar mol-mulki borligini aniqlagan. Shundan eng kattasi qismi – 800 million dollarlik mulk Shveysariyada saqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0