Farg‘ona va Namangan hududi vaqtincha elektr energiyasidan uzib qo‘yiladi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedach v okrestnostax sela Partizanskoe v Krimu
Linii elektroperedach v okrestnostax sela Partizanskoe v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona va Namangan viloyati hududida bugun soat 17.00ga qadar elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘ladi.

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Bugun 10-dekabr kuni tekshirish va rejali mukammal ta’mirlash, montaj va demontaj ishlari amalga oshirilayotganligi sababli Farg‘ona va Namangan viloyatlarining ayrim hududlari elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lmoqda. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Dim iz trub v Kazani - Sputnik O‘zbekiston
Yana avariya: O‘zbekistonning 7ta viloyati aholisi vaqtincha svetsiz qoldi

Quva tumanining "Toshxovuz", "Go‘zal", "Turk rovot", "Xo‘ja Xasan", "Muydin Xasan", "Quva", “Do‘stlik, "Madaniyat", "Xonobod", “Pastki Xonobod”, “Dehqonobod”, “Bahor”, “Yangiobod” MFYlarda soat 09:00 dan 17:00 ga qadar; Yozyovon tumanining “Takalik”, “Ishtirxon” MFYlari soat 08:00 dan 17:00 ga qadar; Marg‘ilonning "Surxtepa" MFY hududi vaqtincha elektr energiyasidan uzib qo‘yiladi.

Namanganning “Sohibkor”, “Gulpora”, “Yangi Qurilish”, “Ilg‘or”, “Amir Temur”, “Madaniy-Maorif”, “Yakka Sada” va “Yangi Hayot” MFYlari hududlarida;

- Pop tumaninning “Turkiston” MFY hududlari, Uychi tumanining “Oqtosh”, “Tepasaroy”,  “Bog‘”, “Yangichek”, “Umid”, “Qo‘rg‘oncha” va “Navoiy” MFYlar hududlari,   Uchqo‘rg‘on tumanining “Qo‘g‘ay”, “Na’muna”,  “Islomobod”, “Uchog‘och”, “Nurobod”, “Sharxochek”, “Istiqbol”, “Qo‘g‘ay O‘lmas”, “Baxriobod” va “Yorqinboychek” MFYlar hududlari;

Chust tumanining “Buloqboshi”, “Toshqo‘rg‘on” va “Mashhad” MFYlar hududlarida; Yangiqo‘rg‘on tumanining “Poromon”, “Oqtepa”, “Madaniyat” va “Xadikent” MFYlar hududlarida soat 08:00 dan soat 17:00 ga qadar elektr energiyasi yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0