Kavkazdan O‘zbekistonga antisiklon kelmoqda: yog‘ingarchilik kuchayadi, havo soviydi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishDojd v Moskve
Dojd v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hafta o‘rtasida ob-havoni Kavkazdan Kaspiy dengizi orqali O‘zbekiston tomonga siljigan balandlikdagi antisiklon belgilaydi. Asosan 3 soatgacha davom etadigan tumanlar kuzatiladi.

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi ushbu hafta mamlakatda yog‘ingarchiliklar bilan kuzatilishini bashorat qilmoqda.

Krilo samoleta Natsionalnoy aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston
Tuman sababli Namangan va Farg‘onagi aeroportlar reyslarni qabul qilmayapti

Turkmaniston hududidan 9-dekabr kuni nam va iliq havo oqimlari kirishi ta’sirida, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ayrim joylarida, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kechga borib kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol tezligi kuchayib sekundiga 15-20 metrga etishi kutilmoqda.

Keyinchalik respublikadagi ob-havoni Kavkazdan Kaspiy dengizi orqali O‘zbekiston tomonga siljigan balandlikdagi antisiklon belgilaydi. Respublikada 10-dekabrda yomg‘ir yog‘ib o‘tadi, shimolda yoqqan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Mamlakat hududining katta qismida harorat foni nisbatan iliq bo‘lib, kechasi 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliqni tashkil qiladi, shimolda haroratning kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliqqacha pasayishi kuzatiladi.

11 dekabrda Kavkaz hududidan sovuq havo kirishi bilan ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchayadi. 12-14 dekabrda ob-havoning nobarqarorligi saqlanadi, ayrim joylarda kuchsiz yog‘ingarchilik, mamlakatning shimoli-g‘arbiy tumanlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Devushka vo vremya dojdya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qishning birinchi kuni yomg‘ir bilan boshlanadi

Sovuq antisiklon ta’sirida shu kunlarda havo harorati asta pasayib kechasi 0-3 daraja, kunduzi 8-11 darajagacha tushadi. Bu ko‘rsatkichlar o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqindir.

O‘tgan dam olish kunlari mamlakat aholisi tuman hodisasini kuzatdilar.

Tumanlarning davomiyligi har xil. Asosan 3 soatgacha davom etadigan tumanlar kuzatiladi. 12 soatdan ortiq davom etib, meteorologik ko‘rinuvchanlik 50 m va undan kam bo‘ladigan holatlar xavfli ob-havo hodisalariga kiradi. Bunday holatlar aviatsiya va yerusti yo‘l transporti uchun xavf tug‘diradi.

O‘tgan kunlarda aynan shunday sharoitlar kuzatildi. Esingizda bo‘lsa, dekabrning birinchi besh kunligida qishga xos bo‘lmagan quyoshli ob-havo kuzatildi, harorat 10-12 darajani tashkil qilib, tuproqning ilishiga isishiga keldi. 6-dekabrda esa Kaspiy dengizi tomondan kelgan antisiklon natijasida havo aynab, yog‘ingarchilik bo‘ldi. Harorat foni meyorlargacha tushdi.

Yangiliklar lentasi
0