Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunni buzganlik uchun javobgarlik belgilandi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mansabdor shaxslar tomonidan xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bazaviy hisoblash miqdorining 3 million 345 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi

TOShKENT, 25 yanv - Sputnik. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyati filiali direktori Abduaziz Xafizov.

List bumagi v ruke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana bir xususiy bandlik agentligi litsenziyasi to‘xtatildi

"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi. Unga ko‘ra, mansabdor shaxslar tomonidan xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bazaviy hisoblash miqdorining 10-15 baravarigacha (2million 230 mingdan 3 million 345 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi", - dedi Abduazizov.

Xususiy bandlik agentliklarining mansabdor shaxslari tomonidan o‘z faoliyati haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etmaslik, xuddi shuningdek ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish yoki ma’lumotlarni taqdim etish muddatini buzish bazaviy hisoblash miqdorining 15-25 baravarigacha (3 million 345 ming so‘mdan 5 million 575 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo qo‘llanilginadan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining 25-35 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0