Rasman: 16-martdan O‘zbekistonning chet el bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatiladi

© SputnikPogranichnik na uchastke granisi, arxivnoe foto
Pogranichnik na uchastke granisi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq, O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalari 16-martdan yopilishi, shuningdek, Navro‘z xalq sayillari, ommaviy marosimlar va odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar o‘tkazilmasligi xabar qilingan edi.

TOShKENT, 15 mar - Sputnik. 16 martdan O‘zbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatiladi.

Bu haqda koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirishga bag‘ishlangan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi shoshilinch yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Chet el fuqarolari O‘zbekistonga kirishi vaqtincha to‘xtatiladi. O‘zbekiston fuqarolari mamlakatga qaytishlari mumkin bo‘ladi, qaytgandan keyin 14 kunlik karantinda bo‘lishlari talab etiladi.

Temir yo‘llar qatnovlari masalasi yaqin kunlarda ko‘rib chiqiladi.

Avvalroq Covid-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalari 16-martdan yopilishi, shuningdek, Navro‘z xalq sayillari, ommaviy marosimlar va odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar o‘tkazilmasligi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0