Rossiyalik olimlar koronavirusning to‘liq genomini rasshifrovka qilishdi

© REUTERS / CDCSvetnoe izobrajenie koronavirusa
Svetnoe izobrajenie koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu koronavirus biz uchun yangi, shuning uchun uning mamlakatga kirib kelishi va uning tarqalishi yo‘lini, uning o‘zgarishini aniqlash juda muhimdir, deydi mutaxassislar

TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Rossiyalik olimlar koronavirus genomini to‘liq o‘rganishga muvaffaq bo‘lishdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayangan holda RIA Novosti.

V poslednie 2-3 dnya nizkiy trafik blagodarya chemu pochti net probok - Sputnik O‘zbekiston
Karantin vaqtidagi Toshkent - sara suratlar

A. A. Smorodinsev nomidagi Gripp ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari COVID-19ga chalingan bemorning materialidan SARS-CoV-2 koronavirusining birinchi to‘liq genomi ketma-ketligini ajratib olishdi, deyiladi xabarda.

"Ushbu koronavirus biz uchun yangi, shuning uchun uning mamlakatga kirib kelishi va uning tarqalishi yo‘lini, uning o‘zgarishini aniqlash juda muhimdir. Ushbu ma’lumotlar koronavirusni davolash uchun vaksinalar va viruslarga qarshi dori-darmonlarni ishlab chiqishda yordam beradi", - dedi institut direktori vazifasini bajaruvchi, meditsina fanlari doktori Dmitriy Lioznov.

11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoydan tarqalgan COVID-19 koronavirus infeksiyasi epidemiyasini pandemiya deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, virus dunyoning 160 mamlakatida 200 mingdan ortiq kishilarga yuqqan. Ularning sakkiz mingdan ortig‘i vafot etdi.

Rossiyada koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishning 147 holati qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0