O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 49 nafarga yetdi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoyennoslujashie Minoboroni vzali pod kontrol karantinnie sentri
Voyennoslujashie Minoboroni vzali pod kontrol karantinnie sentri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu infeksiya Rossiyada bo‘lib qaytgan ikki fuqaro va yana biri esa Turkiyada bo‘lib qaytgan bemorning turmush o‘rtog‘ida aniqlangan — Sog‘liqni saqlash vazirligi

TOShKENT, 24 mar - Sputnik. Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda.

Feyki pro koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus va karantin haqida eng sara “feyk”lar

"Ushbu infeksiya Rossiyada bo‘lib qaytgan ikki fuqaro va yana biri esa Turkiyada bo‘lib qaytgan bemorning turmush o‘rtog‘ida aniqlangan", deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, sal avval Butunjahon sog‘likni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus yangi turdagi koronavirus pandemiyasi tarqalishi tezligi oshayotgani, dunyo bo‘yicha 300 mingdan ziyod holat kuzatilgani haqida bayonot bergan edi.

Gebreyesus axborotiga ko‘ra, birinchi qayd etilgan holatdan 100 minginchi holatga qadar 67 kun o‘tgan bo‘lsa, oradan yana 11 kun o‘tib, 200 minginchi ko‘rsatkich qayd etilgan va yana 4 kundan so‘ng ushbu raqamlar 300 mingga yetgan.

BSST bosh direktori mamlakatlar tomonidan kiritilgan qat’iy choralar koronavirus tarqalishi tezligini pasaytirishini, ammo himoya vositalari va materiallar ishlab chiqarilishi tanqisligini yuzaga keltirishi mumkinligini aytib, ogohlantirgandi.

Gebreyesus shuningdek, COVID-19ga qarshi sinovdan o‘tkazilmagan dorilarni qo‘llash xavfiga e’tibor qaratdi.

Yangiliklar lentasi
0