Olimlar koronavirusni keskin murakkablashtiradigan kasallik nomini oshkor qilishdi

© REUTERS / Denis BalibouseProbirka s koronavirusom 2019-nCoV
Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, mutaxassislar Uxan universiteti xalq kasalxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 416 nafar bemorda kuzatuv olib borganlar

TOShKENT, 27 mar - Sputnik. Xitoylik olimlar yurak-qon tomir tizimi kasalliklari koronavirusning yangi turidan o‘limni deyarli 4,5 baravar oshirishini aniqladilar. Tegishli tadqiqot JAMA Cardiology jurnalida chop etildi deb habar beradi RIA Novosti.

Mujchina i jenshina v meditsinskoy maske tansuyut tango v pochti pustom restorane v Buenos-Ayrese - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus bepushtlikka olib kelishi mumkin – tadqiqot

Mutaxassislar Uxan universiteti xalq kasalxonasida 416 ta koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarni kuzatdilar. Ularning fikriga ko‘ra, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari va COVID-19 kasalligi bo‘lgan bemorlarda o‘lim ko‘rsatkichlari o‘rtasida statistik jihatdan muhim bog‘liqlik mavjud.

Shunda, yurak muammolari bo‘lgan bemorlarning o‘lim ko‘rsatkichi yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga chalinmagan bemorlarga nisbatan yuqori (yurak kasalliklari bor 82 ta holatdan 42 ta o‘lim va yurak-qon tomir kalassiklari yo‘q bemorlarning 334 ta holatidan 15ta o‘lim holati).

"Yurak muammolari Uxandagi COVID-19 kasalligi bo‘lgan ko‘plab bemorlarda uchragan, bu gospitalizatsiya paytida o‘limning yuqori ko‘rsatkichini tushuntirishi mumkin", - deya ta’kidlaydi olimlar.

Ta’kidlanishicha, yurak xastaliklari bilan og‘rigan odamlarda boshqa kasallanganlarga nisbatan pnevmoniyaning og‘ir shakllari o‘n baravar ko‘proq uchragan. Buning sababi angiotenzin o‘zgaruvchi fermenti (APF)2ning faoliyati deb atashmoqda.

Prezident RF Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya koronavirus epidemiyasini uch oyda yengadi - Putin

Mutaxassislar yurakka zarar yetkazuvchi mexanizmini yanada chuqurroq o‘rganish muhimligini va ushbu asoratni COVID -19ni davolashda hisobga olish zarurligini ta’kidladilar.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 840 ta koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, ularning 546 tasi Moskvada. 38 kishi tuzaldi, ikkitasi vafot etdi. 139 mingga yaqin rossiyaliklar tibbiyot xodimlar nazorati ostida.

JSSTning ma’lum qilishicha, COVID-19 kasalligi 462 mingdan oshgan. 21 mingga yaqin inson vafot etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 27-mart holatiga kasallanganlar soni 83 kishi. 1 kishi vafot etdi. 20 mingdan oshiq inson karantinda.

Rossiya, O‘zbekiston va dunyodagi COVID-19 bilan bog‘liq so‘nggi ma’lumotlar stopkoronavirus.rf va coronavirus.uz portallarida keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0