Rossiyada koronavirusni davolovchi preparat taqdim etildi

© Sputnik / Aleks Aminev / Mediabankka o‘tishVo vremya raboti v virusologicheskoy laboratorii
Vo vremya raboti v virusologicheskoy laboratorii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarda ta’kidlanishicha, "Farmzashita" ilmiy-ishlab chiqarish markazi davolash sxemasini xitoy va fransuz tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqqan.

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Federal tibbiy-biologik agentlik koronavirus infeksiyasini davolash uchun preparatni taqdim etdi. U bezgakka qarshi mefloxin preparati asosida yaratilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Tabletki - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni davolashda tavsiya etilgan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi - Rossiya SSV

Xabarda ta’kidlanishicha, "Farmzashita" ilmiy-ishlab chiqarish markazi davolash sxemasini xitoy va fransuz tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqqan.

"Yuqori selektivlikka ega preparat koronavirusning hujayralarda tarqalish ta’sirini bloklaydi va ko‘payishini oldini oladi, mefloxinning immunosupressiv harakati esa virus tufayli javoban kelib chiqadigan yallig‘lanish holati faollashuviga to‘sqinlik qiladi. Maklorid antibiotiklar va sintetik penitsillinlarning qo‘shilishi ikkilamchi bakterial-virus sindromi shakllanishiga to‘sqinlik qilibgina qolmay, balki qonda va o‘pkada virusga qarshi vositaning konsentratsiya darajasini oshirish imkonini beradi", - deb aytgan FTBA rahbari Veronika Skvorsova.

Rossiya koronavirus epidemiyasini uch oyda yengadi - Putin >>>

Shifokor ta’kidiga ko‘ra, bu turli darajadagi og‘irlikda COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni samarali davolashini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, mefloxin asosida koronavirus profilaktikasi bo‘yicha ta’sirchan va xavfsiz ishlanmani yaratish bo‘yicha ishlar olib borilayapti, deya aniqlik kiritmoqda agentlik matbuot-xizmati.

Ushbu ishlanmani Sog‘liqni saqlash tavsiyalari ro‘yxatiga kiritish taklif qilinmoqda.

COVID-19

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni Xitoydan tarqalgan yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi epidemiyasini pandemiya, deb e’lon qilgan edi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha 510 mingdan ziyod kishi ushbu virusni yuqtirgan, 23,5 ming inson vafot etgan.

O‘lim holatlari bo‘yicha Italiya, Ispaniya va Xitoy birinchi uchlikda turibdi.

Rossiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1264 nafarga yetdi (ularning 817 tasi Moskvada), 49 kishi tuzalgan, to‘rt kishi o‘lgan.

Koronavirusdan ikki million ukrainaliklar o‘ladi - mutaxassis prognozi >>>

Yangiliklar lentasi
0