Koronavirus vaqtida aliment to‘lamasa bo‘ladimi - MIB izohi

© REUTERS / Mukhammadsharif MamatkulovUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MIB vakilining aytishicha, aliment to‘lovlarini undirish yuzasidan Buro organlariga murojaatlar bo‘lmoqda, ayniqsa Ijtimoiy tarmoqlarda ham bu borada ko‘plab savollar kelmoqda.

TOShKENT, 23 apr - Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro burosi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpo‘latov koronavirus koronavirus pandemiyasi vaqtida, karantin sharoitida aliment to‘lamasa bo‘ladimi, degan savolga javob berdi.

Schetchik vodi - Sputnik O‘zbekiston
MIB iste’molchilarga yangi qulaylik yaratdi

Toshpo‘latovning aytishicha, aliment to‘lovlarini undirish yuzasidan Buro organlariga murojaatlar bo‘lmoqda, ayniqsa Ijtimoiy tarmoqlarda ham bu borada ko‘plab savollar kelmoqda.

"Karantin davrida o‘rtacha 8 mingdan ziyod murojaat keldi, bu pandemiyagacha bo‘lgan davrga nisbatan, albatta, biroz ko‘p", - deya aniqlik kiritdi MIB matbuot-xizmati rahbari.

"Avvalambor, shuni ta’kidlash joizki, aliment bu – ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga, shuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berish yoki voyaga yetgan bolalarning ota-onasiga ta’minot berish majburiyati hisoblanadi. Qonun hujjatlariga muvofiq, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburligi, ya’ni ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shartligi belgilangan.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, “Bola huquq va manfaatlarini ta’minlash” ustuvor ekanligidan kelib chiqqan holda, bugungi kunda Buro organlari tomonidan aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlarining ijrosi davom ettirilayotganligi hamda qarzdorlar tomonidan aliment pullarining o‘z vaqtida va belgilangan miqdorda to‘lab borilayotganligi masalasi doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda", - deydi Toshpo‘latov.

Xasan Kabirdjanov - perviy zamestitel BPI - Sputnik O‘zbekiston
Yemagan somsaga pul: MIB salkam 1 trillion so‘mlik asossiz qarzdorlik yozilganini aniqladi

Ta’kidlanishicha, Aliment pullarini naqd pul shaklida yoki naqdsiz, ya’ni bank plastik kartalari orqali olish mumkin.

Bugungi kunda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining "Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Respublika hududida kuchaytirilgan tartib joriy qilinganligi sababli aksariyat davlat organlari va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar masofaviy ishlash tizimiga o‘tgan.

"O‘zbekiston pochtasi" aksiyadorlik jamiyatining hududiy bo‘linmalari belgilangan grafik asosida ish faoliyatini davom ettirayotgan bo‘lib, joylardagi pochta xizmati bo‘limlariga murojaat qilib ham aliment pullarini olish mumkin.

Shuningdek, pochtada kuryerlik xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aliment pullarini qabul qilib olish uchun belgilangan tariflar asosida ushbu imkoniyatdan foydalanish mumkin.

Podrostok idet po ulitse - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bolalar 14 yoshdan ota-onalaridan aliment undirishlari mumkin

Toshpo‘latovning aytishicha, hozirda majburiy ijro burosi organlari tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilish bilan bog‘liq ijro harakatlari davom ettirilmoqda. Shu jumladan, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun tayinlangan ma’muriy jarimalarni undirish yuzasidan ham qonunchilikda belgilangan talablardan kelib chiqqan holda, majburiy ijro harakatlari olib borilyapti.

Shu bilan birga, O‘zbekiston prezidentining "Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonining 15-bandiga ko‘ra, faqatgina karantinga olingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni to‘lash muddatlari karantin muddati tugagunga qadar uzaytirilgan.

Yangiliklar lentasi
0