Tojikistondan kelgan ikki nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi - SSV

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUzbekistan vozvrashayet charternimi reysami zastravshix za rubejom grajdan iz-za koronavirusa
Uzbekistan vozvrashayet charternimi reysami zastravshix za rubejom grajdan iz-za koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda O‘zbekistonda 2492 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (81% bemor) butunlay sog‘aygan, 573 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir.

TOShKENT, 23-may - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 nafarga ortib, 3078 yetdi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Rahmon Tojikistonda kasallik ko‘payishining asosiy sababini aytdi

Infeksiyaga chalinish holatlarining barchasi chet eldan kelgan fuqarolarda aniqlangan.

Jumladan, 2 nafar Tojikistondan kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolarda koronavirus aniqlangan.

Sankt-Peterburgdan charter reys bilan kelgan 38 nafar va 2 nafar Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida infeksiya aniqlangani aytilmoqda.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning 2492 nafari (81%) butunlay sog‘aygan, 573 nafari davolanmoqda. Ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya, deb e’lon qilgan edi. BSST ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi paytga qadar dunyoda 4,9 millionta koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari qayd etilgan, infeksiya qurbonlari soni 327 mingdan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0