Sardobada suv ostida qolgan qabristonlarning manzilli xaritasi tuzildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVyezd v poselok Sardoba, postradavshiy ot navodneniya
Vyezd v poselok Sardoba, postradavshiy ot navodneniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oldinroq talafot ko‘rgan joylarda jami 7ta qabriston va 3ta masjidga zarar yetgan bo‘lib, ularning hududini suvdan tozalash, sanitariya va obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.

TOShKENT, 5-iyun - Sputnik. "Sardoba" to‘g‘oni o‘pirilishi natijasida suv ostida qolgan qabristonlar aniqlanib, ularning manzilli xaritasi tuzildi. Bu haqda Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Ne’matjon Atamurodov AOKA huzuridagi shtabida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Vyezd v poselok Sardoba, postradavshiy ot navodneniya - Sputnik O‘zbekiston
"Sardoba" ishi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olindi - Bosh prokuratura

Eslatib o‘tamiz, oldinroq talafot ko‘rgan joylarda jami 7ta qabriston va 3ta masjidga zarar yetgan bo‘lib, ularning hududini suvdan tozalash, sanitariya va obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.

2 iyun kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi "Sardoba" suv toshqini talofatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobotida 6 ta qabristondagi 311 ta qabr qayta tiklangani haqida ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilib, yondosh tumanlardagi mahallalar va dalalarni suv bosgan edi. Natijada Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 2 ming 570 ta uy-hovli, 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan edi. Shuningdek, 1 ming 781 hovli, 52 ta ko‘p qavatli turar joy qisman zararlangan. Hozirda toshqin oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Jumladan, prezident Mirziyoyev tomonidan Sardobada quriladigan yangi uylar poydevoriga tamal toshi qo‘yilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0